Moskvada 1993-yili ishlab chiqarilgan “ZAZ-968MD” avtomobili 450 ming rubl (6300 dollar) evaziga sotuvga qo‘yildi. Bu pulga Classic komplektatsiyaga ega yangi Lada Granta’ni xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Foto: “Auto.ru”

27 yillik “Zaporojets” garajda turgani uchun ajoyib holda saqlangan. Avtomobil kuzovida zanglagan qismlar yo‘q, barcha agregatlar ishlaydi. Mashina o‘tgan davr mobaynida 2156 kilometr yo‘l bosgan.

Mashinani 45 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel harakatga keltiradi. Agregat to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mashinaning barcha hujjatlari yangilangan, shu sababli uni ro‘yxatga qo‘yishda muammo yuzaga kelmaydi.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Modifikatsiyalangan “ZAZ-968MD” 1960-yillarning o‘rtalaridan 1994-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Model imkoniyati cheklangan insonlar uchun rul chambaragi ostidagi boshqaruv tutqichlari bilan jihozlangan. Avtomobilda faqat mufta va tormoz tepkilari mavjud.

Foto: “Auto.ru”