• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Koronavirus tufayli sotuv hajmi 70 foizga tushib ketdi”. Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan namanganlik tadbirkor bilan suhbat

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga safari davomida 26-iyun, juma kuni Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini yetishtiruvchi DB Group Eco korxonasida ham bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov korxona rahbari Azizbek Daminov bilan MChJ faoliyati, pandemiyaning savdo jarayoniga ta’siri va tadbirkorning kelgusi rejalari mavzusida intervyu uyushtirdi.

    Azizbek Daminov.

    Azizbek Daminov.
    Foto: DB Group Eco

    — Baliqchilik tarmog‘i bilan shug‘ullanishingizga nima turtki bo‘ldi?

    — Aslida savdo sohasida faoliyat yuritaman. 12 yildan beri “Ipoteka bank” bilan yaqin hamkorlik qilib kelamiz. Bankning respublika boshqaruv raisi Omon aka Musayev 2018-yilda bizga bir loyihani taklif etdi. Intensiv baliq xo‘jaligini rivojlantirishga oid mazkur loyihani atroflicha o‘rgandik va ma’qul kelgach, viloyat hokimiga tashabbus bilan chiqdik. 2018-yil may oyida davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrif buyurganida qiymati 40 milliard so‘mlik ushbu loyiha taqdimotini o‘tkazdik. O‘shanda Prezidentimiz xursandchilik bilan qo‘llab-quvvatlab, bizga 20 gektar yer ajratish bo‘yicha viloyat mas’ullariga topshiriq bergandi. Yetti oy ichida, ya’ni 2018-yil dekabriga qadar sizlar ko‘rib turgan mana bu 5 gektardan iborat birinchi loyihamizni qurib, bitkazdik.

    Foto: DB Group Eco

    — Korxonada qanday baliq turlari yetishtiriladi?

    — 2019-yilning yanvar oyida Daniya davlatidan baliq uvildiriqlarini olib kelib, boqishni boshladik. Yevropa tajribasiga asoslangan holda forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtiryapmiz. Yillik ishlab chiqarish quvvatimiz 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi. Baliq uvildiriqlarining tayyor mahsulotga aylanishi uchun 1-1,5 yil vaqt ketadi. Korxona tasarrufida uvildiriq va chavoqlar yetishtirish uchun yopiq suv havzalari hamda 66 ta ochiq hovuz barpo etilgan. 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

    Foto: DB Group Eco

    Singapurlik hamkorimiz O‘zbekistondagi sharoitlar, investitsion muhitni ko‘rib, loyihaning qolgan qismini birgalikda davom ettirish taklifini bildiryapti. Hokimlik tomonidan yana qo‘shimcha 50 gektar yer ajratildi. U yerga qo‘shma korxona qurib, yiliga 10 ming tonna forel va losos baliqlarini yetishtirishni maqsad qilganmiz. Bu loyihamiz 2022-yilda ishga tushishi ko‘zda tutilgan. Korxona to‘liq ishga tushgach, 2000 tonna baliq chavog‘i yetishtirish imkoniga ega bo‘lamiz.

    Foto: Lazizbek Hamidov

    — Forel balig‘i asosan tog‘li zonalarda boqiladi. Uning Uchqo‘rg‘on tuman hududiga moslashishi qanday kechyapti?

    — Chuchuk va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarining moslashishi juda yaxshi. Chunki korxona hovuzlariga tog‘dan kelayotgan muzdek, shaffof va kislorodga boy daryo suvi quyiladi. Suv harorati yil davomida o‘zgarmaydi. Bu esa baliqlar uchun juda muhim va foydali. Suv aylanma oqim bilan yana Norin daryosining o‘ziga qaytadi. Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi.

    Foto: DB Group Eco

    — Baliqlar qayerlarga eksport qilinmoqda?

    — O‘tgan yil boshida 300 mingta uvildiriq olib kelingan edi. Ular bir yil davomida tayyor tovar holatiga keldi. Ayni vaqtda forel muzlatilgan holda, shuningdek, sovuq va issiq dudlangan, file va kam tuzlangan holatda ichki bozorga chiqarilmoqda. Dekabr oyidan shu kunga qadar 4 tonna mahsulotni supermarket va yemakxonalarga yetkazib berdik. Tirik baliqning bir kilogrammini 50 ming so‘m, tozalanganini esa 60 ming so‘mdan sotyapmiz. Oyiga o‘rtacha 600 kilogramm baliq xaridorlarga yetkaziladi. Avgust oyidan eksportni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Singapurlik hamkorlar bilan shartnomalar imzolangan. Xorij bozoriga bir kilo baliqni 4 dollardan sotish rejalashtirilgan. 2020-yil so‘ngiga qadar Singapur va Rossiyaga 300 tonna baliq eksport qilmoqchimiz.

    Foto: DB Group Eco

    — O‘zbekiston Prezidenti DB Group Eco korxonasida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Davlat rahbari qanday fikr-mulohazalar, takliflar bildirdi?

    — Respublikada forel balig‘i oziqasini ishlab chiqruvchi korxonalar yo‘q. Bu murakkab texnologiya bo‘lgani uchun oziqani asosan Yevropadan valyutaga import qilamiz. Prezidentimiz oziqa-yemni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish zarurligi, aholi uchun bunday noyob baliq turlari hamyonbop bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. “Baliq yetishtirishning tannarxi tushsagina bozori chaqqon bo‘ladi, odamlar dasturxoniga baliq yetib boradi, tadbirkor uchun ham foyda ikki hissaga ortadi”, — dedi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Biz ham forel balig‘i uchun oziqa ishlab chiqaruvchi dunyodagi 4 ta yirik korxonadan biri bilan hamkorlik qilish rejamizda mavjudligini aytdik. Germaniyadagi Alltech Coppens kompaniyasi va korxonamiz o‘rtasida memorandum imzolangan. Jahon bo‘ylab pandemiya yumshagach, qurilish ishlarini boshlaymiz. Mazkur loyiha orqali baliq narxlari arzonlashadi, yuzlab yangi ish o‘rni yaratiladi va oziqani Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Mo‘g‘ilistonga eksport qilish imkoniyati ham ochiladi.

    Foto: DB Group Eco

    — COVID-19 va karantin tartibi korxona faoliyatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatdi?

    — Koronavirus minglab tadbirkorlar singari mening ham faoliyatimga qattiq ta’sir qildi. Forel balig‘ining asosiy mijozlari kafe va restoranlar hisoblanadi. Pandemiya tufayli ko‘plab yemakxonalar ishlamagani bois sotuv hajmi 70 foizga tushib ketdi. Oyiga 10 tonna baliq sotishni reja qilgandik, ammo hozir mijozlarimizga 3 tonna mahsulot yetkazib beryapmiz.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    27.06.2020, 20:53   Izoh (0)   26836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 28-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    27.06.2020, 20:23

    Xorazmda bir oilaning 8 nafar a’zosi koronavirusga chalindi

    27.06.2020, 19:39

    Shavkat Mirziyoyev Namangan temiryo‘l vokzalida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi

    27.06.2020, 19:30

    Toshkentda avtobus konduktori va ichki ishlar xodimida koronavirus aniqlandi

    27.06.2020, 19:22

    Namanganda 16,3 trillion so‘mlik loyihalar hisobiga 55 ming yangi ish o‘rni yaratiladi

    27.06.2020, 19:07

    So‘x tumanida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hal etilmoqda

    27.06.2020, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.