• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mingta kambag‘al oilani ‘temir daftar’dan o‘chirtirmoqchimiz”. Namanganlik uch aka-uka tadbirkor rejalari haqida

    Avval xabar berganimizdek, 26-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari safar chog‘ida Chortoq tumanidagi adir-dashtliklarda barpo etilayotgan issiqxonalar majmuasi bilan tanishdi.

    Prezident va namanganlik uch aka-uka

    Prezident va namanganlik uch aka-uka
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Umumiy qiymati 13 milliard so‘m bo‘lgan loyihani Golden Nuts Namangan agrotomorqa xizmati MChJ amalga oshirmoqda. Jarayonlarni Namangandan turib yoritayotgan “Daryo” muxbiri MChJ rahbari Ahadxon Egamberdiyev bilan intervyu uyushtirdi.

    YTTdan oilaviy biznes sari“Biz oilaviy tadbirkormiz. Akam Akmalxon, ukam Kamolxon ham ishbilarmon. Bilasiz, Namangan viloyatida kastyum-shim tikish azaldan urfga kirgan. Dastlabki faoliyatimiz mobaynida biz ham yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tikuvchilik qilib, ro‘zg‘or tebratganmiz. 2015-yili uch aka-uka birlashib, Namangan tumanida “Asadbek g‘isht sanoati” MChJni tashkil etdik. Katta loyihaga qo‘l urganimiz bois avvaliga biroz cho‘chiganimiz rost. Lekin o‘zimizga nisbatan ishonch va tajriba sabab astoydil ishlashga yeng shimardik.

    Ahadxon Egamberdiyev

    Ahadxon Egamberdiyev
    Foto: “Daryo”

    MChJ faoliyati g‘isht ishlab chiqarish va uni sotishdan boshlandi. Keyin 4 gektar maydonga issiqxona qurdik. 2018-yili meva-sabzavotlarni qayta ishlash sexini ishga tushirdik. Shu tariqa faoliyatimiz kengayib bordi. Hozirda oilaviy jamiyatimizda sun’iy gullar va yumshoq o‘yinchoqlar ham ishlab chiqariladi. Shuningdek, 100 gektar yerga g‘alla va paxta ham ekamiz. Jami 400 nafar ishchisiga ega “Asadbek g‘isht sanoati”dan 2019-yili 2 milliard so‘m daromad topdik”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayta ishlangan mahsulotlar jahon bozoriga chiqmoqda“Yuqorida aytib o‘tganimdek, ikki yildan beri meva-sabzavotlarni konservalash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanamiz. Qulupnay, gilos, o‘rik, olma, xurmo, pomidor, bodiring kabi yigirmaga yaqin tabiat ne’matlaridan sharbat, murabbo, tuzlamalar tayyorlaymiz. Bugungi kunda qayta ishlangan 45 xil mahsulotimiz Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va mahalliy bozordagi hamkorlarimizga yetkazib berilmoqda. O‘tgan yili 1 million dollarlik eksport qilgan bo‘lsak, bu yil ushbu ko‘rsatkichni 5 million dollarga yetkazishni rejalashtirganmiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mahsulotlarimizga talab ortgani sari qayta ishlash uchun yetarli meva-sabzavotlar topa olmayapmiz. 2019-yili ham biroz qiynaldik. Mazkur muammoni viloyat hokimiga aytib, yer ajratib berishlarini so‘radik. Bizga mana shu loyihani taklif etishdi. Uch aka-uka bajonidil qabul qildik va ikkinchi oilaviy MChJ — Golden Nuts Namangan agrotomorqa xizmatini tuzdik”.

    “Bitta issiqxona 13 million so‘mga bitadi”“Yangi loyihamiz Chortoq tumanidagi baland adir-dashtliklarda ko‘p yillar davomida foydalanilmagan maydonda amalga oshirilmoqda. Suv, elektr energiyasi va yo‘l muammosi viloyat hokimining ko‘magi bilan hal etildi. Hozir 2 ta quduqdan suv chiqadi, kelgusida yana 18 ta quduq qazish kutilmoqda, 7 kilometr yo‘lga esa asfalt yotqizildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    36 gektar yerda barpo etilayotgan har biri 2 sotixli 1000 ta issiqxona hududdagi kambag‘al oilalar uchun mo‘ljallangan. Ayni paytda 800 ta issiqxona qurilib, o‘z egalariga topshirildi. Qolgan 200 tasi iyul oyi oxirida foydalanishga beriladi.

    Bitta issiqxona 13 million so‘mga tayyor bo‘lmoqda. Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi 6,7 million so‘m subsidiya mablag‘lari ajratyapti. Qolgan 6,3 million so‘mni esa tijorat banklari 3 yilga imtiyozli kredit sifatida ajratmoqda. Bu esa oilalar uchun juda katta imkoniyat. Umumiy qiymati 13 milliard so‘m bo‘lgan loyihaga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 6,7 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari va tijorat banklarining 6,3 milliard so‘mlik imtiyozli krediti yo‘naltirilmoqda”.

    “Kambag‘al oilalarga hamisha maslakdoshmiz”“Loyihamiz orqali ‘Bir mahalla — bir mahsulot’ tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetishtiriladi, kambag‘al oilalar doimiy daromad manbalariga ega bo‘ladi va ularning bandligi ta’minlanadi.

    O‘z issiqxonasiga ega bo‘lgan 1000 ta oilaga yaqindan ko‘maklashamiz. Ularga mahsulotni yetishtirishda ko‘chat, suv, mineral o‘g‘itlarni yetkazib beramiz. Hosil tayyor bo‘lgach, bozor narxida yana o‘zimiz sotib olamiz va qayta ishlab, xorijga eksport qilamiz.

    2 sotixli issiqxonada uch marta hosil yetishtirish imkoniyati mavjud. Bitta issiqxonada 700 tup pomidor ko‘chati ekilgan. Har bir tup ko‘chatdan o‘rtacha 4-5 kilogrammdan mahsulot olish mumkin. Bitta oila yiliga o‘rtacha 40 million so‘m sof foyda topadi. Bu, albatta, har bir oila va uning a’zolari xatti-harakatiga bog‘liq. Biz ham kambag‘allikka qarshi kurashishni maqsad qilganmiz. ‘Temir daftar’ga tushgan 1000 ta kambag‘al oila hayotini farovon bo‘lishiga hissa qo‘shsak, ko‘zlagan maqsadimizdan biriga erishgan bo‘lamiz”.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi

    Mavzuga doir:

    •  Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida 1000 ta issiqxonani o‘z ichiga olgan loyiha bilan tanishdi (foto)
    • Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)
    • Shavkat Mirziyoyev Norin daryosi bo‘yida noyob baliqlarni yetishtiruvchi korxonani borib ko‘rdi

    27.06.2020, 10:45   Izoh (0)   34029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning to‘rt hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 7490 kishiga yetdi

    27.06.2020, 10:07

    Video: Namanganda elektromobilda sayr qilayotgan Shavkat Mirziyoyev

    27.06.2020, 09:44

    Shavkat Mirziyoyev Namangandagi “Afsonalar vodiysi”ga bordi

    27.06.2020, 09:06

    Uzcard Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ma’lumot bermasdan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzmoqda

    27.06.2020, 07:44

    Shavkat Mirziyoyev Namanganda “Obod va xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi

    27.06.2020, 06:42

    O‘zbekistonda 26-iyun kuni 250 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 8 nafarga yetdi

    26.06.2020, 23:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.