“Liverpul” mavsum yakunlanishiga yetti tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritib, Angliya Premyer Ligasi rekordini o‘rnatdi.
“Qizillar” 2018 va 2001-yillarda mavsum yakuniga qadar besh tur qolganida Angliya chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”ning rekordlarini yangiladi.
Mersisayd klubi g‘alabasiga “Chelsi” o‘ziga xos tarzda yordamlashib yubordi. “Chelsi” 31-turda “Manchester Siti”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, “shaharliklar”ni chempionlik poygasidan chiqarib yubordi. Shu tariqa “Liverpul” mavsum yakunlanishiga 7 tur qolganida chempionlik masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qildi.
Qayd etish joiz, “Liverpul” so‘nggi 30 yil ichida ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi. Klub oxirgi marta 1990-yilda chempion bo‘lgan. Klub umumiy hisobda 19-marta Angliya Premyer ligasida g‘olib chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)