Boston universitetining yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasida koronavirusni bir necha soniya ichida o‘ldirish usuli topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Pixabay

Mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqot davomida uzoq ultrabinafsha nurlantirish patogenni to‘liq o‘ldirishga qodir ekanligi aniqlandi.

Mikrobiolog Entoni Griffits olimlar guruhi bilan koronavirus yuqtirilgan materialni ultrabinafsha nurlanishning turli dozalari bilan ishlov berib, tadqiqot o‘tkazdi.

5 MJ / sm2 dozirovkadagi nurlanish 99 foiz patogenlarni olti soniyada o‘ldirishi ma’lum bo‘ldi.

Virusga 22 MJ / sm2 dozirovkadagi nurlanishni 25 soniya davomida yo‘naltirish esa uni to‘liq o‘ldirishi aniqlandi.

Olimlarning qayd etishicha, 13 Vattli ultrabinafsha chirog‘i 15 kvadrat metrga ega xonani koronavirusdan tozalashi mumkin.

Mutaxassislarning qayd etishicha, barcha o‘rganilayotgan viruslar masofadan ultrabinafsha nurlantirish jarayonida o‘ladi, biroq jarayon inson salomatligi uchun ham xavfli.