• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizga maslahatchilar kerak, jazolovchilar emas” — Toshkentlik restoratorlar

    15-iyun kuni Toshkentdagi umumiy ovqatlanish muassasalari deyarli uch oylik tanaffusdan keyin mehmonlarni qabul qilishni boshladi. Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, biznes katta yo‘qotishlarni boshdan o‘tkazdi, ammo karantin davrida davlatdan amaliy yordam olmadi. Muassasalar ochilganidan keyin ham restoratorlarning sanitariya talablariga muvofiq mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab savollari javobsiz qolmoqda. Soha vakillari “Gazeta.uz”ga sektor qo‘rqmasdan ishlashi uchun nima xalaqit berayotgani va nega ular tekshiruv idoralari xodimlarida jazolovchilarni emas, balki maslahatchilarni ko‘rishlari qanchalar muhimligini gapirib berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qoidalar haddan ziyod ko‘p

    Pandemiya sharoitlarida davlat idoralari va tadbirkorlik subyektlari uchun vaqtinchalik sanitariya qoidalari (SanPiN) 23-aprelda O‘zbekiston bosh sanitar shifokori Bahodir Yusupaliyev tomonidan tasdiqlandi.

    Testo by Zamira&Co. restorani ham-ta’sischisi Nargiza Ulug‘ovaning aytishicha, restoratorlar SanPiN’da belgilangan ushbu qoidalarga oriyentir olishgan. Biroq 22-may kuni tadbirkorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ishlab chiqilgan umumiy ovqatlanish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar oldi.

    Mazkur hujjatga binoan, zallarda mehmonlarni bir stol atrofida ikki kishi yoki plastik ekran o‘rnatilgan holatda to‘rt kishi, shuningdek, bir oila vakillari uchun olti kishini qabul qilishga ruxsat berilgan.

    Bundan tashqari, korxonalarga sanitariya agentligining boshqa tavsiyalari ham berilgan. Masalan, ulardan birida ofitsiantlar yuziga himoya qiluvchi ekran kiyishlari kerakligi aytilgan. “Ammo bu hujjat muhrsiz edi”, — deydi Nargiza Ulug‘ova.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Keyinchalik, 4-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi umumiy ovqatlanish muassasalarida xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berish uchun qaror qabul qildi.

    Restoranlarning ishlashi uchun majburiy talablar quyidagilar deb belgilandi:

    • ziyofatlar va ommaviy tadbirlarni taqiqlash;
    • ish vaqti 08:00 dan 23:00 gacha;
    • stollar orasidagi ijtimoiy masofaga rioya qilish;
    • bir stol atrofida to‘rt nafardan ortiq kishini (bir oiladan 10 kishidan ortiq bo‘lmagan) joylashtirmaslik va infeksiya tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha boshqa choralar.

    Erkin talqin

    Shunga qaramay, Nargiza Ulug‘ovaning so‘zlariga qaraganda, muassasalarga “hech qanday hujjatsiz odamlar kelishadi, ogohlantirish berishadi va hech qayerda yozilmagan sanitariya talablariga rioya qilishni talab qilishadi. Ular qoidalarni o‘z bilganlaricha talqin qiladilar yoki aynan qaysi talablarga rioya qilish kerakligi borasida bir qarorga kela olmaydilar” — davom etadi u.

    “Masofa haqida xabar berilgan edi. Kimdir stollar orasi 2 metr, kimdir stullar oralig‘i 2 metr dedi. Stolga itarib qo‘yilgan stullar yoki odam o‘tirgan holatdagi stullar orasidami?”, — deya savol beradi Nargiza Ulug‘ova.

    O‘z ismini oshkor qilishni istamagan Toshkent restoratorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, ish boshlaganining birinchi kuni u zalda mehmonlarni qabul qilish taqiqlanganligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Bu haqda tadbirkorni xabardor qilgan noma’lum kishilar hech qanday tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishmagan va faqat yozgi terrassalar ishlashi mumkinligini ta’kidlashgan. Zallarning faoliyat yuritishi uchun qandaydir ruxsatnoma olish zarur. Bunday ruxsatnomani qay tarzda va qayerdan olish to‘g‘risida ko‘rsatma berilmagan.

    Safia qandolatchilik uylari tarmog‘i 11-iyun kuni sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilgan holda ochilishga ruxsat olgan. Ushbu hujjatni bosh shifokor muhri va imzosi bilan Mirobod tumani sanitariya agentligi boshqarmasi xodimlari berishgan. (ruxsatnoma nusxasi tahririyatda mavjud).

    Biroq 16-iyun kuni restoratorlarning sanitariya agentligi direktori o‘rinbosari Botirjon Qurbonov va bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bilan uchrashuvida tadbirkorlarga ruxsatnoma berish noqonuniy ekani aytilgan.

    Undan tashqari, umumiy ovqatlanish sohasi yuqorida tilga olingan 23-apreldagi SanPiN talablariga rioya qilishi kerakligi qayd etilgan. Biroq tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvdan keyin Botirjon Qurbonov hamkasbining so‘zlarini rad etgan.

    “ChayKof” kofeynyalar tarmog‘i boshqaruvchi-hamkori Alina Simermanning aytishicha, SanPiNda keltirilgan restoran xodimlari himoya kiyimlarida ishlashlari kerakligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma bu kiyimlar tez olov olishi, ostidagi kiyimlarni eritishi va teriga yopishishi sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tasdiqlanmagan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Qurbonov uch kun ichida aniq reglamentli video-ko‘rsatma chiqarilishini va’da qildi, ammo biz hali hanuz hech narsa olmadik”, — ta’kidlaydi Nargiza Ulug‘ova.

    “Biz qoidani buzishni xohlamaymiz, jarima to‘lashni istamaymiz. Biz COVID-19 tarqalishini kamaytirishni va shu bilan birga ish o‘rinlarini saqlab qolishni xohlaymiz. Biz madorsizlangan holda boshi berk ko‘chadamiz. Aniq hujjat yo‘qligi sabab ko‘p hamkasblarimiz muasasalari yopiq”, — barcha ikkilanishlarga barham beruvchi ko‘rsatmalar bo‘lmaganligi sababli tadbirkorlar o‘z ishini davom ettirishdan qo‘rqishlarini ta’kidlagancha davom ettirdi Testo hamta’sischisi.

    Pan-Osiyo taomlari kafesi Kimchi Plate rahbari Marina Ten Davlat sanitariya-epidemiologoiya nazorati inspeksiyasining tuman bo‘limlari ham ma’lum hududdagi karantin darajasiga qarab umumiy ovqatlanish tizimi faoliyat yuritishi uchun har xil talablarni qo‘yishlariga e’tibor qaratdi. Bu holat restoratorlarni chalkashtiradi.

    Alina Simermanning so‘zlariga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi hujjatlar, shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limlari va boshqa nazorat organlari xodimlari tomonidan ham olib kelinadi.

    “Nurmat Otabekovning o‘rinbosari tekshirish uchun buyruq, guvohnoma va so‘rovnoma so‘ralishi kerakligini aytdi. Uch kun tekshirish keldi: hujjatlar yo‘q, hech qanday so‘rovnoma, tekshirish uchun buyruq yo‘q. Og‘zaki ogohlantirishdi. Bu reydga o‘xshaydi”, — umidsizlanadi Nargiza Ulug‘ova.

    “Bizni yashirincha ishlashga majbur qilishyapti”

    Caravan Group asoschisi Timur Musinning ta’kidlashicha, birgina Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish sohasi 200 ming kishini ish bilan ta’minlaydi. Bu nafaqat restoranlar, balki aloqador soha xodimlari hamdir. “Biroq restoran biznesida yetakchi yo‘q, hech kim tadbirkorlarning yonini olmaydi, chunki bu yerda katta pul yo‘q”, —  deb hisoblaydi Timur Musin.

    Sabina Bakayeva tomonidan tayyorlangan maqolaning to‘liq talqinini “Gazeta.uz” nashrida o‘qing — https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/26/restaurants/

    26.06.2020, 16:09   Izoh (0)   21152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)

    26.06.2020, 15:59

    Toshkentda 25-iyun kuni Sergeli tumani hokimligi va “O‘zbekneftegaz” xodimlarida koronavirus aniqlandi

    26.06.2020, 15:47

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy raqobatga kirishishi mumkinligini aytdi

    26.06.2020, 15:36

    Andijonlik fuqaroning IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani ortidan Ombudsman va Akmal Saidov o‘rtasida bahs yuzaga keldi

    26.06.2020, 15:05

    Toshkent viloyatida 3 tonna rangli metallni noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    26.06.2020, 14:50

    Prezident “Akfa” universitetining yangi binolarini O‘nqo‘rg‘ondagi “Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik” kompaniyasi yerlarida qurishga ruxsat berishi mumkin

    26.06.2020, 14:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.