Ispaniya La Ligasining 31-turi doirasida “Real” — “Malyorka” o‘yini (2:0) bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida “Malyorka” safida maydonga yosh yarim himoyachi Luka Romero tushirildi.
Argentinalik futbolchi 15 yosh-u 219 kunligida La Ligada debyut qildi va musobaqa tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylandi.
Shu tariqa Romero “Selta” sobiq futbolchisi Sansonning rekordini yangiladi, u 1939-yilning dekabr oyida 15 yosh-u 255 kunligida debyut qilgan.
Uchrashuv “Real”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Vinisius Junior va Serxio Ramos o‘z nomlariga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Mazkur g‘alabadan keyin Madrid klubi 68 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarayotgan bo‘lsa, “Malyorka” (26) 18-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)