• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 25-iyun kuni 276 kishida koronavirus aniqlandi, 192 kishi kasallikdan sog‘aydi. Ikkala holat ham mutlaq rekord

    O‘zbekistonda 24-iyun soat 23:30 dan 25-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 276 ta holat qayd etildi. Bu yangi rekord. Ketma-ket ikkinchi kun kasallar bo‘yicha rekord yangilanmoqda. 24-iyun kuni 239 kishida kasallik aniqlangandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7177 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Iyun oyida bir kunda kasallanganlar soni 6 marta 200 nafardan oshgan bo‘lib, ularning teng yarmi so‘nggi uch kunlikda qayd etildi — 23-iyunda 201 kishi, 24-iyunda 239 kishi, 25-iyunda 276 kishi.

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 243 nafari karantin muassasalarida;
    • 24 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 17 nafar, Toshkent viloyatida — 4 nafar, Jizzax viloyati — 2 nafar, Andijon viloyatida — 1 nafar);
    • 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (ularning barchasi Toshkent viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 4 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

    Kunning e’tiborga molik jihatlaridan biri Jizzax viloyatiga koronavirus qaytdi. 27-aprel kuni viloyatdagi oxirgi bemorlar shifoxonalardan sog‘ayib chiqqan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ikki oyga yaqin vaqt davomida Jizzaxda bironta ham kasallik holati qayd etilmagandi. 25-iyun kuni esa aholi orasida 2 kishida koronavirus aniqlandi. Iyun oyi davomida Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari ham koronavirusdan xoli hudud maqomini yo‘qotgandi.

    Toshkent shahrida ketma-ket ikkinchi kun kasallikka chalinganlar soni 69 kishini tashkil etmoqda. 25-iyun kuni koronavirus aniqlanganlardan 52 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 17 nafari aholi orasida aniqlangan. Toshkent kun davomida aholi orasida eng ko‘p koronavirusga chalinganlar aniqlanishi bo‘yicha oxirgi 10 kunda 8 marta yetakchi bo‘ldi. Iyun oyida poytaxtda faqat 3-iyun kuni aholi orasida kasallik aniqlanmagan.

    Toshkent viloyatida qayd etilgan holatlarning 10 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 9 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida va 4 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 9 kundan beri aholi orasida, 12 kundan beri xalqaro yuk tashuvchi mashinalar haydovchilari orasida uzluksiz ravishda kasallik aniqlanmoqda.

    Andijon viloyatida aniqlangan yagona holat aholi orasida qayd etildi. 20-iyun holatiga ko‘ra, “yashil” hudud deb belgilangan Andijon viloyatida 21-iyun va 23-iyun kuni ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

     Namangan viloyatida aniqlangan birgina holat koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

    Surxondaryo viloyatida ham karantindagilar orasida bitta holat qayd etildi. 14-iyunda viloyatga koronavirus qaytgandi. Shundan buyon yangi kasallanganlar aniqlangan kunlarda aholi orasida ham kasallanish holatlari qayd etilayotgandi. 14-iyun kuni 9 ta holatning bari, 17-iyun kuni 6 ta holatdan 2 tasi va 20-iyun kuni 4 tadan 1 tasi, 23-iyun kuni 11 tadan 2 tasi aholi orasida aniqlangandi.

    Kasallikdan davolanish

    25-iyun davomida 192 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 170 nafari Toshkent shahri, 17 nafari Qashqadaryo va 5 nafari Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi. Bir kun ichida bemorlar sog‘ayishi bo‘yicha bu mutlaq rekord hisoblanadi. Bungacha 5-iyun kuni 160 kishining sog‘ayishi rekord edi.

    5-iyunda koronavirus qaytgan Qashqadaryo viloyatida oxirgi marta koronavirusga chalingan bemor 1-mayda sog‘ayib chiqqandi. 25-iyun kuni COVID-19’dan tuzalganlarning 6 nafari ushbu hududdan bo‘lsa, 10 nafari Qozog‘iston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir (11-iyun kuni viloyatda 27 nafar qozog‘istonlik va 1 nafar turkiyalik fuqaroda kasallik aniqlangandi). Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan davolanish ko‘rsatkichi 24-iyundagi 3 foizdan 13 foizga ko‘tarildi. Shunday bo‘lsa-da, eng yomon ko‘rsatkich hali ham Qashqadaryoga tegishli.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7177 nafar bemordan 4877 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda. Davolanishning bu qadar past ko‘rsatkichi oxirgi marta 5-may kuni qayd etilgandi.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunga kelib ularning soni 2000 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2280 nafar bemordan 1872 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 408 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Jizzaxda 2, Qoraqalpog‘istonda 7, Andijonda 14, Namanganda 24, Buxoroda 29, Surxondaryoda 30, Samarqandda 40, Xorazmda 56, Navoiyda 57 va Qashqadaryoda 160 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar va o‘lim holatlari

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2280 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 25-iyun davomida bir bemorning vafot etganini ma’lum qildi. Denov shahrida yashagan, 1961-yilda tug‘ilgan B.X. ismli ayol so‘nggi 5 yildan buyon o‘pkaning ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniyasi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shu yilning 19-iyun kuni bemor murojaatiga ko‘ra olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam mashinasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

    Shifoxonada bemorga ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya, o‘tkir yurak va o‘pka yetishmovchiligining og‘ir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali piyelonefrit, kamqonlikning o‘rta og‘ir darajasi tashxisi ham qo‘yilgan.

    Bemor ayolga ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorning qaysi kuni vafot etganini ma’lum qilmagan. Biroq 21-iyun kuni Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatov 21-iyun kuni tuman aholisiga murojaat qilib, tumanning bir fuqarosi 20-iyun kuni koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan edi. Ushbu xabar hokimlikning Telegram kanalidan o‘chirib yuborilgan, biroq videolavha internetda tarqalishga ulgurgandi. O‘sha vaqtda Sog‘liqni saqlash vazirligi Denovda koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganini tasdiqlamagandi. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimligi ham 31-mayda o‘limi qayd etilgan fuqaro koronavirusdan vafot etganini 17-iyun kuni ma’lum qilgandi.

    Denovda 59 yoshli ayolning o‘limidan so‘ng O‘zbekistonda SSV tasdiqlagan koronavirusdan vafot etganlar soni 20 nafarga yetdi.

    Karantingadilar

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 25-iyun kuni karantindagilar soni haqida ma’lumot bermadi. 24-iyunda berilgan oxirgi axborotga ko‘ra, O‘zbekistonda uy karantinida 37 173 nafar, statsionar karantinda esa 22 890 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turgandi.

    25.06.2020, 23:55   Izoh (0)   116189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7177 nafarga yetdi

    25.06.2020, 23:50

    Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida pora olmaganini ma’lum qildi

    25.06.2020, 23:34

    O‘zbekistonda 25-iyun kuni 192 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 4877 nafarga yetdi

    25.06.2020, 23:26

    Shuhrat G‘aniyev: Men “So‘x voqealari” degan iboraga qarshiman

    25.06.2020, 23:09

    Marg‘ilon gilamlarining bir metri kamida 25 ming dollarga sotilmoqda

    25.06.2020, 22:42

    Butunjahon turizm tashkiloti yig‘ilishiga Samarqand shahri mezbonlik qildi

    25.06.2020, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.