Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrifidan so‘ng shu yerga yig‘ilgan o‘zbekistonliklar bilan salomlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xiyoboniga tashrifi chog‘ida bu yerga yig‘ilgan vatandoshlarimizni qutladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga yetib bordi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezident va harbiylari 24-iyun kuni paradda ishtirok etdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni boshqa davlat rahbarlari bilan birga Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik