Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 23-iyun kunining ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston—Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

24-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga borishi haqida avvalroq ma’lum qilingandi. Shuningdek, mazkur paradda o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9-mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan, biroq tadbirlarning qaysi sanada o‘tishiga aniqlik kiritmagandi. Keyinroq Putin paradning 24-iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Vladimir Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?
Mahalliy
Ekologik partiya prezidentlikka nomzod sifatida Abdushukur Hamzayevni va uning dasturini ma’qulladi
Sport
Lionel Messi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin