• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 23-iyun kuni 201 kishida koronavirus aniqlandi. Sakkizta hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi

    O‘zbekistonda 22-iyun soat 23:00 dan 23-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 201 ta holat qayd etildi. O‘zbekistonda to‘rtinchi marta bir kunda kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bu holatlarning barchasi iyun oyida sodir bo‘lgan (7-iyun — 237 kishi, 16-iyun — 230 kishi, 20-iyun — 207 kishi). 23-iyunda qayd etilgan yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6662 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 168 nafari karantin muassasalarida;
    • 30 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 9 nafar, Xorazm viloyatida — 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 4 nafar, Namangan viloyatida — 3 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar, Andijon viloyatida — 2 nafar, Surxondaryo viloyatida — 2 nafar, Sirdaryo viloyatida — 1 nafar);
    • 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida — 2 nafar, Sirdaryo viloyatida — 1 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 10 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 8 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bir kun ichida buncha ko‘p hududda kasallik aniqlanishi va buncha ko‘p hududda aholi orasida kasallik qayd etilishi iyun oyida kuzatilmagandi. 10-iyunda 7 ta hududda aholi orasida koronavirus aniqlangandi.

    23-iyun kuni aholi orasida 30 ta holat qayd etildi. Bu 11-iyundan keyin aholi orasida kasallik aniqlanishi bo‘yicha eng yuqori natija. 11-iyunda aholi orasida 39 ta yangi holat aniqlanganidan so‘ng shu kungacha aholi orasidagi kasallanishlar soni 30 taga yetmayotgandi.

    Toshkent shahri aholi orasida kasallik aniqlanishi bo‘yicha yana yetakchi bo‘ldi. Poytaxtda aniqlangan yangi holatlarning 18 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilganlar orasida, 9 tasi aholi orasida qayd etildi. Toshkent shahrida oxirgi marta 3-iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanmagandi.

    Xorazm viloyatida oxirgi vaqtlarda kasallik aniqlansa, kamida 10 kishidan koronavirus chiqmoqda. 15-iyun kuni 10 kishida, 19-iyun kuni 12 kishida, 20-iyun kuni 13 kishida,  23-iyun kuni esa 14 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning 8 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 6 tasi aholi orasida aniqlandi.

    Surxondaryo viloyatida 11 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. May va iyun oylarida viloyat bir kunda buncha ko‘p kasallik aniqlanishi kuzatilmayotgandi. Yangi kasallanganlarning 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida aniqlandi. 14-iyunda viloyatga koronavirus qaytgandi. Shundan buyon yangi kasallanganlar aniqlangan kunlarda aholi orasida ham kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 14-iyun kuni 9 ta holatning bari, 17-iyun kuni 6 ta holatdan 2 tasi va 20-iyun kuni 4 tadan 1 tasi aholi orasida aniqlangandi.

    Toshkent viloyatida aniqlangan holatlarning 4 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida, 3 tasi aholi orasida, 2 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida aniqlandi. Viloyatda 7 kundan beri aholi orasida, 10 kundan beri xalqaro yuk tashuvchi mashinalar haydovchilari orasida uzluksiz ravishda kasallik aniqlanmoqda.

    Sirdaryo viloyatida aniqlangan 8 ta holatdan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, bittasi aholi orasida va yana bittasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisida qayd etildi.

    Qashqadaryo viloyatida aniqlangan 7 ta holatdan 4 tasi aholi orasida, 3 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Qashqadaryoda aholi orasida bir kunda 4 ta holat qayd etilishi faqatgina bir marta — viloyatga koronavirus qaytgan 5-iyunda sodir bo‘lgandi.

    Namangan viloyatida qayd etilgan 3 ta yangi holatning hammasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 4 kun avval ham aholi orasida 3 ta holat qayd etilgandi.

    Andijon viloyatida aniqlangan 3 ta holatdan 2 tasi aholi orasida, bittasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. 20-iyun holatiga ko‘ra “yashil” hudud deb belgilangan Andijon viloyatida 21-iyun kuni ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

    Samarqand viloyatida aniqlangan 3 ta holatning hammasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Viloyatda 17-iyundan beri hozirgacha aniqlangan 22 ta holatning 21 tasi karantindagi fuqarolarda, faqat bittasi aholi orasida qayd etildi.

    Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan bitta holatham koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Ushbu hududda oxirgi marta yangi kasallanish holati 13-iyunda qayd etilgandi. O‘sha kuni aholi orasida 3 ta, xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida bitta holat aniqlangandi.

    Buxoro, Navoiy hamda koronavirusdan xoli bo‘lgan Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida 23-iyun kuni kasallanish holatlari kuzatilmadi.

    Kasallikdan davolanish

    23-iyun davomida 110 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 109 nafari Toshkent shahridagi va 1 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6662 nafar bemordan 4560 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda. Davolanishning bu qadar past ko‘rsatkichi oxirgi marta 5-may kuni qayd etilgandi.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunga kelib ularning soni 2000 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2083 nafar bemordan 1656 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 427 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Qoraqalpog‘istonda 7, Andijonda 14, Samarqandda 28, Namanganda 28, Surxondaryoda 30, Buxoroda 35, Navoiyda 52, Xorazmda 56 va Qashqadaryoda 177 nafar bemor qoldi. Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, koronavirus infeksiyasini erta aniqlash ko‘lamini kengaytirish va tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek, qator tashkilot va fuqarolarning bu haqdagi murojaatlarini e’tiborga olib, 24-iyundan boshlab davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolar uchun ushbu infeksiyaga tahlil topshirishda ixtiyoriy, pulli asosda nodavlat tibbiyot tashkilotlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘zida, shu bilan birgalikda, so‘rovga ko‘ra, murojaat qiluvchining tashkilotida, fuqarolarning yashash manzilida hamda maxsus avtotransportlarda olinishiga ruxsat berildi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirus testini o‘tkazishga ruxsat berildi
    • O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi
    • O‘zbekistonda kunlarning isishi koronavirusning yo‘q bo‘lishiga qanday ta’sir etishi ma’lum qilindi
    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli O‘zbekistonda keyingi haftadan boshlab aholida koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda.

    Ahvoli og‘ir bemorlar va o‘lim holatlari

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2083 nafar bemordan 17 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir bemorlar soni 2 nafarga oshdi. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar soni birgalikda hech qachon 21 nafarni tashkil etmagandi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. 19-bemorning vafoti haqida 10-iyun kuni xabar berilgandi. Kitob va Denov tumanlari hokimliklari ham o‘z hududlarida koronavirus oqibatida bir nafardan bemor hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilgan. Lekin Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatlarni tasdiqlamagan va qurbonlar soniga o‘zgartirish kiritmagan.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 36 294 nafar, statsionar karantinda esa 22 656 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 604 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 42 nafarga ko‘paydi.

    23.06.2020, 23:48   Izoh (0)   179341
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 6662 nafarga yetdi

    23.06.2020, 23:39

    Xotin-qizlar uchun OTMga kirishdagi qo‘shimcha grantlar qaysi tartib asosida kimlarga berilishi ma’lum bo‘ldi

    23.06.2020, 23:27

    Qashqadaryo hokimi haftaning juma kunini Yoshlarni ish bilan ta’minlash va muammolarini yechish kuni deb e’lon qildi

    23.06.2020, 23:11

    Maktabgacha ta’lim vazirining Buxoroga tashrifi ortidan 2 nafar bog‘cha rahbari ishdan olindi, 4 nafariga intizomiy chora qo‘llanildi

    23.06.2020, 22:42

    O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab noshirlik va matbaa faoliyati uchun litsenziya talab qilinmaydi

    23.06.2020, 22:26

    Putin G‘alaba paradiga kelgani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi (video)

    23.06.2020, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00

    Toshkentda ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zo‘rlab kelgan blogerga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:49

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Rim papasi Lev XIV, Madonna va Jastin Biber qarindosh bo‘lib chiqdi — NYT

    Shou-biznes | 19 iyun, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.