Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Moskvada davolanayotgan otasi Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli haqida gapirdi.
“Otamning ahvoli hali ham og‘ir. U hozir ham reanimatsiyada, koronavirus ortda qoldi, biroq u o‘zidan asoratlar qoldirdi.
Buyrak va yuragidagi muammolar sabab og‘ir ahvolda qolmoqda, har kuni yarim soat uning odiga kirishimga ruxsat berishmoqda. Qo‘llaridan tutyapman, u meni taniyotganini ishoralar orqali bildirmoqda.
Shifokorlar borasida xotirjamman, ular dunyodagi eng yaxshilardan biri. Bu borada hech qanday shubha yo‘q. Ularning qilayotgan mehnatiga rahmat aytaman va bu borada hammasi joyida ekanini ayta olaman.
Shunchaki vaqt kerak. Asoratlar juda og‘ir va tiklanish jarayoni uzoqqa cho‘ziladi. U og‘ir va uzoq bo‘ladi”, — deydi Nurmagomedov.
Aprel oyi oxirida Abdulmanap pnevmoniya tashxisi bilan Dog‘istondagi shifoxonaga tushib qolgan, keyinchalik ahvoli og‘irlashgach, Moskvadagi harbiy shifoxonaga olib ketilgandi.
Izoh (0)