• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroning Peshku tumanidagi majburiy mehnat mashmashasi ortidan sport murabbiyining oilasida muammo yuzaga keldi

    Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining pandemiya davrida murabbiylarni majburiy mehnatga jalb qilgani hamda unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash)ga ko‘ra, 11 million 150 ming so‘m jarima qo‘llanilgani haqida xabar berildi.

    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, aslida holat qanday bo‘lgan? Murabbiylar haqiqatan ham mutasaddi rahbarlarning viloyatga tashrifi sabab majburiy mehnatga jalb etilganmi? “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    “Telegram’dagi guruhdan ‘Sport qo‘mitasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i yoki boshqa rahbarlar kelishi munosabati bilan zudlik bilan hamma yetib kelsin’ degan xabar keldi. Shu bois ishga bordik. Xo‘sh, kelayotgan odam bizning muammo va kamchiliklarimizni o‘rganadimi yoki ularning yo‘lini asfalt qilib, yo‘liga suv sepib, kutib olishimizni kutadimi? To‘g‘ri, hasharga o‘z ixtiyorimiz bilan chiqdik. Ammo murabbiy degani faqat musobaqama-musobaqa yurishi kerak emasmi?” — deydi sport maktabida milliy kurash bo‘yicha murabbiy Furqat Farmonov.

    Hotam Obloberdiyev

    Hotam Obloberdiyev
    Foto: “Daryo”

    Sport maktabi direktori Hotam Obloberdiyev murabbiylarning ishga jalb qilinishini majburiy mehnat emas, xodimning o‘z ish joyini obodonlashtirish deya baholamoqda.

    “Sport maktabi direktorligiga o‘tgan yilning dekabr oyida tayinlanganman. Yosh kadrman, kamchiliklarim ham yo‘q emas, albatta. Joriy yilning 27-aprelida Buxoroda sodir bo‘lgan kuchli shamol va uning oqibatlari barchaga ma’lum. Shunday paytda o‘z ixtiyori bilan sport maktabi ahvoliga achinib, yelka tutgan bir nechta murabbiylardan tashqari, boshqa birorta murabbiy yoki o‘qituvchilar mehnatidan foydalanmadik. Tuman hokimi ko‘magi bilan yollanma ustalarni jalb etdik. Men buni o‘zimni oqlash uchun aytmayapman. Bu yerda umuman majburiy mehnat yuzaga kelmagan. Shunchaki, xodim o‘zi ishlayotgan muassasa tozaligiga hissa qo‘shgan”, — deydi Hotam Obloberdiyev.

    Foto: “Kun.uz”

    Maktab direktori karantin davrida maktab atrofida o‘t-o‘lanlar o‘sib ketganini, maktab maydoni katta bo‘lgani uchun farroshlar eplay olmasligini inobatga olib, o‘qituvchi va murabbiylarni tozalash ishlariga jalb qilganini ta’kidlamoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    “Joriy yilning 16-martidan boshlab mamlakatimizda pandemiya sababli karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda murabbiy, o‘qituvchilarimiz uyda qoldi. Oradan o‘tgan uch oy davomida maktabimiz o‘yin maydonini begona o‘t-o‘lanlar-u, tikan, qamishlar bosib ketdi. Bu ham yetmagandek, maktab tevarak-atrofi ham shu ahvolga keldi. Faqatgina vazir yoki boshqa mutasaddi rahbarlarning viloyatimizga tashrifi uchun emas, karantin tadbirlari yumshatila boshlagach, o‘zimiz faoliyat yuritayotgan sport maktabi tevaragini obodonlashtirishimiz, uni toza va obod maskanga aylantirishimiz zarurligi bois farroshlar qatori bu ishlarga murabbiylarni ham jalb etishni lozim topgandik”, — deydi Hotam Obloberdiyev.

    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, obodonlashtirish ishlariga 43 nafar sport murabbiy jalb qilingan.

    Foto: “Kun.uz”

    Ma’lum qilinishicha, 2016-yil tumandagi mavjud uchta sport maktabi — 19, 29 hamda 3-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi bitta sport majmuasiga, ya’ni asosiy bazaga birlashgan. Sport maktablarining birlashtirilishi shtatlarning qisqarishiga olib kelgan.

    Ismoil Mirzayev

    Ismoil Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    “Majmua atrofini bitta bog‘bon va to‘rt nafar farrosh bilan obodonlashtirib bo‘larmikan? Buncha ishni ular bajara olmaydi ham. Shtat esa berilmagan. Murabbiylar boshqa manzilnimas, o‘zi ishlayotgan joyni obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan-ku. Obodonlashtirish ishlarida shu jamoada faoliyat yuritayotgan murabbiylar ko‘magidan foydalanish majburiy mehnat sanalsa, unda qolganini bilmadim”, — deydi viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Mirzayev.

    Sport maktabi yo‘riqchisi Narzulla Sa’diyevga ko‘ra, murabbiylar bir oyda uch marotaba obodonlashtirish ishlariga chaqirilgan.

    “To‘g‘ri, ish bor joyda ishlash kerak, ammo bo‘lar-bo‘lmasga chaqiraverish to‘g‘ri ish emas-da. Bog‘bon va farroshlar, duradgor yoki boshqa texnik xodimlar bor-ku, — deydi Narzulla Sa’diyev.

    Maktab hovlisi

    Maktab hovlisi
    Foto: “Daryo”

    Sport maktabi uslubchisi Zulayho Rajabova murabbiylar obodonlashtirish ishlariga tez-tez chaqirilayotgani bois bu muammo tug‘dirishi haqida maktab direktoriga bir necha marotaba aytganini ta’kidlamoqda.

    “Menga ham yoqmagani pandemiya davrida bir oyda uch marotaba obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganimiz, — deydi dzyudo bo‘yicha murabbiy Jasur Nafasov. — Aslida qiladigan ishning o‘zi yo‘q, ammo maktabga boryapmiz. Faqat u yerni chop, bu yerni chop, deyishadi. Bizda ishdan qaytish yo‘q. Har bir murabbiy o‘ziga tegishli zalni ta’mirlashi yoki tegishli sport maydonini tozalashi kerak. Ammo biz stadionni emas, atrofni tozaladik. Keyin noiloj, videoga oldig-u ijtimoiy tarmoqlarga tashladik-da”.

    Sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiyi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmdagi homilador ayol — Gulruxsor Xudoyorova Telegram guruhidagi xabarni o‘qigach, maktabga borganini aytdi. Murabbiyning bildirishicha, u maktabga ishlash uchun emas, uch oydan buyon ko‘rishmagan hamkasblarini sog‘ingani uchun borgan va hech qanday jismoniy mehnat qilmagan.

    Qo‘l to‘pi bo‘yicha murabbiy Malika Saidova esa uni ishlayotganingizni rahbar ko‘rsin, deya rasmga olganini, o‘zi bilmagan holda ijtimoiy tarmoqda surati tarqalgach, ayni paytda Rossiyada karantinda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i tomonidan “Uydan chiqib ket, ko‘zimga ko‘rinma” degan taqiqqa uchrayotganini bildirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatni tan olish ham mardning ishi. Masala jiddiy o‘rganilsa, yaxshi bo‘lardi. Vaholanki, murabbiylar sport maydoni atrofida 15-20 daqiqa ham ishlagani yo‘q. Hammasi bir yerga yig‘ilishib, ketmonlarni ushlab rasmga tushishdi-yu, soya-salqin joylarda o‘tirib, yana qaytib ketishdi. Qachon shanbalik deb chaqirilsa, ahvol shu. O‘zlariga ajratilgan aqalli ikki metr joyni ham tozalashmaydi”, — deydi farrosh Dilfuza Kiyikova.

    Sport bazasi mudiri Farhod Jo‘rayevning “Daryo” muxbiriga bildirishicha, maktab atrofini 3-4 nafar farrosh va ikkita texnik xodim bilan tozalab, obodonlashtirib bo‘lmaydi.

    Farhod Jo‘rayev

    Farhod Jo‘rayev
    Foto: “Daryo”

    “Sport maktabi va bazalari hududi, shuningdek, sport maydonlarining pandemiya davrida qanday ahvolga kelgani hammaga ma’lum. Karantin biroz yumshatilib, o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishga imkon tug‘ildi. Ammo maydonlarni sog‘ingan bolalarni tikanzor va o‘t-o‘lanlar qoplagan stadionga kiritib, to‘p teptirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois murabbiylar kuchiga, ularning mehnatidan foydalanishga tayanilgan edi”, — deydi Farhod Jo‘rayev.

    Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev sport maktabi direktorining ishini qoraladi.

    Foto: “Daryo”

    “Karantin qoidalari biroz yumshatilib, sport maktablarida o‘quvchilar bilan sport mashg‘ulotlari faoliyatini qayta tiklash va ixtiyoriy ravishda obodonlashtirish jarayonlari boshlandi. Biroq Peshkudagi sport maktabi singari murabbiylarni shanbalik deb chaqirish mumkin emas. Bu mehnat qonunchiligiga zid. O‘zi boshqarayotgan sport maktabini oldingi saflarga olib chiqishga harakat qilayotgan yosh rahbar keyingi faoliyatida bunday masalalarga qonunchilik doirasida yondashadi, deb o‘ylaymiz. Direktor murabbiylarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishi yoki o‘z cho‘ntagi hisobidan yollanma ishchilar kuchiga tayanishi shartmas. Vaholanki, har bir tumanda kamida, 1,5-2 mingga yaqin jamoatchi ishchisi bor. Bu kichik raqam emas. Budjet tashkilotlar atrofini obodonlashtirish kerakmi, marhamat, chiqarishsin, ishlatishsin. Jamoatchilik asosida ishlaydiganlarning maoshi bandlik bo‘limlari orqali to‘lanishi ma’lum-ku”, — deydi viloyat hokimi o‘rinbosari.

    Komil To‘rayev

    Komil To‘rayev
    Foto: “Daryo”

    “Soham bo‘yicha qariyb, o‘ttiz yillik tajribaga egaman. Men sportchiman, yolg‘onchimas. Bu yerda hech qanday obodonlashtirishga majburan jalb etish holati yuzaga kelmagan. Bu mansab talashish, yosh kadrning oyog‘iga bolta urish xolos. 10-15 daqiqalik hashar shuncha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aslida buning ortida ssenariylashtirilgan tomosha yotibdi. Huquq-tartibot idoralari bu holatni izchil o‘rgansa, qozondagi cho‘michga chiqadi”, — dedi voleybol bo‘yicha murabbiy Komil To‘rayev.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda karantin payti budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi
    • Namanganda bolalar majburiy mehnatga jalb etilmadi — Mehnat vazirligi

    22.06.2020, 14:35   Izoh (0)   39343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga endi tibbiyot muassasalari xodimlari xizmat ko‘rsatadi

    22.06.2020, 14:04

    Tohir Junaydullayev Orient Finans Bank raisi etib tayinlandi

    22.06.2020, 13:49

    O‘zbekistonda dollar kursi bir haftalik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi

    22.06.2020, 11:45

    Andijon va Farg‘ona — “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilandi

    22.06.2020, 11:36

    Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi

    22.06.2020, 10:36

    O‘zbekistonga xorijdan qaytgan yana 43 fuqaroda koronavirus aniqlandi

    22.06.2020, 10:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.