• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni kasbga va oliy ta’limga tayyorlovchi yangi fan yo‘nalishlari joriy etiladi

    O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020/2021-o‘quv yilida ham variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi, shuningdek, tanlov yo‘nalishlari soni ko‘paytiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xabar berilishicha, 2019/2020-o‘quv yilining uchinchi choragidan tajriba-sinov tariqasida 10−11-sinflar uchun joriy etilgan ixtiyoriy fanlarni tanlash tizimi kelasi o‘quv yilida ham davom etadi.

    Vazirlikning qayd etishicha, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iboratdir.

    Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7, 8 va 9-sinflarida ham tanlov sinfini tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda.

    Shuningdek, tanlov sinflari yo‘nalishi 5 tadan 12 taga oshirilishi ham asosiy o‘zgarishlardan biri hisoblanadi. Bunda 2020/2021-o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlar tanlovi yaratilmoqda:

    • birinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;
    • ikkinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — moliya-iqtisod yo‘nalishi;
    • uchinchi yo‘nalish: 7—8—9—10—11-sinflar uchun — veb-frilanser (internet tarmog‘i orqali mehnat daromadi olish) yo‘nalishi;
    • to‘rtinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — texnologiya yo‘nalishi;
    • beshinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — tabiiy fanlar yo‘nalishi;
    • oltinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;
    • yettinchi yo‘nalish: 10 —11-sinf uchun — boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi;
    • sakkizinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — kimyo texnologiya yo‘nalishi;
    • to‘qqizinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — geografiya va geologiya yo‘nalishi;
    • o‘ninchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — maktabgacha ta’lim va psixologiya yo‘nalishi;
    • o‘n birinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — tarix va arxeologiya yo‘nalishi;
    • o‘n ikkinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — turizm yo‘nalishi.
    Vazirlikning ta’kidlashicha, 10—11-sinflarning tanlov sinfida variativ o‘quv rejani tajriba-sinovdan o‘tkazishda 9 ta majburiy fan o‘qitiladi: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, tarbiya, matematika, informatika, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

    Tanlov fani bo‘yicha qo‘shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:

    • o‘quvchilarga fanlarni chuqur o‘rgatish va tegishli mavzularga doir qo‘shimcha ma’lumotlar berish;
    • o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
    • “Khan Academy O‘zbek — Onlayn ta‘lim platformasi” ta’lim resurslaridan foydalanish;
    • qo‘shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;
    • oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini jalb qilish;
    • o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.
    Ta’kidlanishicha, variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

    Xalq ta’limi vazirining variativ o‘quv tizimiga tegishli buyrug‘iga asosan 2020/2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmi saqlanib qolinadi. Shu bilan birga, Respublika ta’lim markazi 1-avgustiga qadar variativ o‘quv rejalar bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqarishi buyruqda ko‘zda tutilgan.

    Maczuga doir:

    • O‘zbekistonda bolalar musiqa va san’at maktablarida ko‘zi ojizlar bepul o‘qitilishi belgilandi
    • O‘quvchilarining 50 foizdan ko‘pi OTMga kirgan maktab direktori XTV tomonidan himoyalanadi
    • Toshkent shahar hokimi maktab bitiruvchisiga Spark sovg‘a qildi

    22.06.2020, 14:50   Izoh (0)   23182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroning Peshku tumanidagi majburiy mehnat mashmashasi ortidan sport murabbiyining oilasida muammo yuzaga keldi

    22.06.2020, 14:35

    O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga endi tibbiyot muassasalari xodimlari xizmat ko‘rsatadi

    22.06.2020, 14:04

    Tohir Junaydullayev Orient Finans Bank raisi etib tayinlandi

    22.06.2020, 13:49

    O‘zbekistonda dollar kursi bir haftalik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi

    22.06.2020, 11:45

    Andijon va Farg‘ona — “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilandi

    22.06.2020, 11:36

    Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi

    22.06.2020, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.