Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in oqibatida qo‘riqxona hududidagi qurigan xashak va dov-daraxtlar yonganini ma’lum qilgan.
Boshqarma axborotiga ko‘ra, yuz bergan yong‘in tegishli vositalar yordamida bartaraf etilgan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari, talafot ko‘rgan maydon va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Shuningdek, ma’lumotda yong‘in oqibatida qo‘riqxonada ichidagi odamlar va yovvoyi hayvonlarga zarar yetmagani, ularning tan jarohati olmagani qayd etilgan.
Izoh (0)