• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi

    O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 17-iyun kuni imzolangan “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

    Prezident qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-avgustdan boshlab tajriba tariqasida jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.

    Mazkur kengashlar Davlat bojxona qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida o‘z faoliyatini boshlaydi.

    Belgilanishicha, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Shu bilan birga, mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslarning bunday ishlar yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.

    Qaror ko‘ra, apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

    • jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish;
    • murojaatni ko‘rib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
    • murojaatni ko‘rib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
    Apellyatsiya kengashining tarkibi tegishli davlat organi rahbarining qarori bilan 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi. Bunda apellyatsiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.

    Qarorga muvofiq, apellyatsiya kengashi a’zoligiga amaliy tajribaga va obro‘-e’tiborga ega davlat organining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, sohada katta amaliy tajriba yoki ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan obro‘li fuqarolar qabul qilinadi. Bunda davlat organining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari yoki xodimlari hisoblanmagan apellyatsiya kengashi a’zolari jami kengash a’zolarining beshdan bir qismidan oshib ketmasligi lozim.

    Belgilanishicha, apellyatsiya kengashi unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan xulosa qabul qiladi. Apellyatsiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosa 3 kun muddatda davlat organi rahbariga ko‘rib chiqish uchun, boshqa manfaatdor taraflarga ma’lumot uchun yuboriladi.

    Qarorga ko‘ra, apellyatsiya kengashining xulosasini qabul qilib olgan davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin. Bunda davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari qabul qilingan qaror to‘g‘risida 3 kun muddatda apellyatsiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.

    Qaror bilan “Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

    Shuningdek, qarorda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida quyidagilarni tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga ruxsat berildi:

    • nizolarni muqobil usulda hal etish bilan shug‘ullanuvchi professional mediatorlarning o‘zaro birlashuviga asoslangan Mediatsiya markazi;
    • professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning o‘zaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi.
    Markazlar tinglovchilarga ta’lim berishni tashkillashtirish uchun shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarining malakali pedagoglarini, shuningdek, milliy va xorijiy mediator, hakamlik sudyalari va arbitrlarni hamda vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislarini va yetakchi xorijiy mediatsiya va arbitraj markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, nizolarni muqobil usulda hal etish sohasida tajriba almashishi, shuningdek, nizolarni hal etishga xorijiy mediatorlar va arbitrlarni jalb etishi mumkin.

    Shuningdek, markazlar mediatsiya, hakamlik sudi va xalqaro arbitraj faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobotlar topshirishdan ozod etiladi va oliy ma’lumotga ega rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida besh nafar xodimga ega bo‘lishi kerak.

    Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi muassisligida Toshkent mediatsiya markazi tashkil etiladi.

    Toshkent shahrida 1-iyuldan boshlab tajriba tariqasida davlat xizmatlari markazlari binolarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratiladi.

    Tajribaning ijobiy natijalari asosida 2021-yil 1-aprelga qadar ushbu amaliyot barcha davlat xizmatlari markazlari binolarida tatbiq etiladi.

    Eslatib o‘tamiz, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2018-yil 28-iyunda Senat tomonidan ma’qullangan va 2018-yil 3-iyulda Prezident tomonidan imzolangan. O‘zbekistonda 2019-yil 1-apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etildi. Shuningdek, mamlakatda mediatorlarni tayyorlash dasturi ham tasdiqlangan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda advokatlar nizolarni sudgacha hal etish huquqiga ega bo‘ldi

    18.06.2020, 13:33   Izoh (0)   10438
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda tadbirkorning zapravka hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 45 ming dollar so‘ragan firibgar qo‘lga olindi (video)

    18.06.2020, 13:08

    O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida eng arzon go‘sht sotilmoqda?

    18.06.2020, 12:56

    Toshkentda konservatoriyaga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar olgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi (video)

    18.06.2020, 12:43

    Toshkent viloyatida harbiy qism mayori 3 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

    18.06.2020, 11:40

    Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”

    18.06.2020, 11:11

    Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi (video)

    18.06.2020, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “AQSH hujum uchun javob olishi kerak” — Eron prezidenti

    Dunyo | 23 iyun, 08:41

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Ayn” darvozasiga 6 ta gol urdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi

    Sport | 23 iyun, 08:28

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.