Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida yashovchi Kayli Klark quyon boqadi. Bir oy oldin uning quyonlari bolaladi, bitta quyoncha quloqsiz tug‘ildi, deb yozadi Daily Mail.
Quyonchaga Leo deb laqab qo‘yildi, Kayli uni o‘ziga olib qoldi.
31 yoshli irlandiyalik ayol quyonchaning taqdiridan xavotirlanib, uning yashab ketishiga shubhalangandi. Biroq quyoncha qolgan jonivorlar singari rivojlanib katta bo‘ldi.
“U juda chiroyli bo‘lib ulg‘aydi, shuning uchun uni o‘zimizga olib qolishga qaror qildik. Biz unga Leo deb laqab qo‘ydik, chunki quloqlari bo‘lmagani sababli u sher bolasiga o‘xshardi”, — deydi Kayli Klark.
Uning so‘zlariga ko‘ra, quyon nima sababdan quloqsiz, biroq sog‘lom tug‘ilganiga tushunmagan.
Izoh (0)