• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindiston va Xitoy bahsli hududda 20 nafar askarning o‘limiga sabab bo‘lgan to‘qnashuvda bir-birini ayblamoqda

    Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi chegaraning bahsli hududida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 20 nafar hind askari halok bo‘lgan. Ikki mamlakat hukumati bu to‘qnashuvda bir-birini ayblamoqda, biroq Pekin ham, Dehli ham nizoning avj olib ketishini istamasligini bildirmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    Harbiylarning o‘limiga sabab bo‘lgan hodisa Himalayning g‘arbidagi Ladakxda yuz bergan. Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi mazkur hududga yetib borish qiyin bo‘lgan va aholi yashamaydigan tog‘li joyda, dengiz sathidan qariyb besh ming metr balandlikda joylashgan.

    Mazkur hududdagi bahslarning ildizi XIX asrga borib taqaladi, hozir esa mazkur bahslar ikki mamlakatning mintaqadagi ta‘sir uchun kurashida bir qismga aylangan. Chegaraning ba’zi qismlari haligacha demarkatsiya qilinmagan. 1962-yilda 2000 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mojarodan keyin tomonlar vaqtinchalik chegara chizig‘i haqida kelishib olgan. O‘shandan buyon mazkur chiziq chegara sifatida qaraladi, uni rasman tasdiqlash bo‘yicha esa muzokaralar olib borilmoqda. Rasman belgilangan chegara chizig‘ining mavjud emasligi sababli vaqti-vaqti bilan chegarachilar va harbiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz beradi, biroq bir necha o‘n yildan buyon bu to‘qnashuvlar o‘limga sabab bo‘lmagandi.

    Hozirgi nizo may oyining birinchi yarmida boshlangan — bir oy davomida bir necha marta mushtlashuv ko‘rinishidagi janjallar yuz bergan, ularda 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchi jarohat olgan. Mojaro Hindiston tomonda chegaraoldi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yaqinda boshlangan ishlar sababli yuzaga keldi. Xitoy bu ishlarga qarshi chiqdi: agar jiddiy mojaro yuz beradigan bo‘lsa, mazkur infratuzilma Hindistonga tezkorlik bilan chegaraga harbiylar otryadi va qurollarni yetkazish imkonini beradi.

    Askarlarning o‘limi bilan yakunlangan to‘qnashuv 16-iyunga o‘tar kechasi yuz berdi. Tosh va tayoq ishlatilgan qo‘l jangida yuz nafardan ortiq askar ishtirok etgan, o‘qotar qurol ishlatilmagan. Natijada 20 nafar hind askari, shu jumladan, uch nafari to‘qnashuv vaqtida, 17 nafari esa olingan jarohatlar va sovuq urishi oqibatida keyinroq halok bo‘lgan. Hind OAVlari 43 nafar xitoylikning halok bo‘lgani haqida xabar bergan, Xitoy tomoni esa yo‘qotishlar bo‘lganini tasdiqlagan, biroq halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar sonini ma’lum qilmagan.

    Hindiston yuz bergan voqea uchun javobgarlikni Xitoyga yuklagan va uni shu paytgacha mavjud bo‘lgan holatni bir tomonlama buzishda ayblagan. O‘z navbatida, Pekin mojaro hind askarlarining chegara chizig‘ini kesib o‘tgani sababli yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

    Shu bilan birga, tomonlar nizoning davom etishini istamasligini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, chegaradagi vaziyat barqaror va uni nazorat qilish mumkin. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi esa Xitoy bilan tushunmovchilik mojaroga olib kelmasligiga umid bildirgan. Chegara hududidagi harbiy qo‘mondonlik vakillari muzokaralarning yangi bosqichini boshlagan.

    Mavzuga doir: Hindiston va Xitoy chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 20 nafar harbiy halok bo‘ldi

    18.06.2020, 13:57   Izoh (0)   22260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nursulton Nazarboyevda koronavirus aniqlandi

    18.06.2020, 12:20

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga, Janubiy Koreyada esa 59 kishiga oshdi

    18.06.2020, 11:56

    Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 100 kishiga, Tojikistonda esa 51 kishiga yetdi

    18.06.2020, 10:55

    Dunyo aholisining qariyb yarmi iflos havodan nafas oladi

    18.06.2020, 09:39

    Gonduras prezidenti va uning rafiqasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

    18.06.2020, 07:55

    Turkiya ko‘chalarida tibbiy niqob taqib yurishning majburiy rejimi qayta joriy qilindi

    18.06.2020, 07:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.