UEFA koronavirus sabab bir yilga ortga surilgan Yevro—2020 musobaqasining o‘tkazilish sanasiga oydinlik kiritdi.
Avvalroq musobaqa mezbonligi uchun tanlab olingan 12 ta shahar 2021-yilgi musobaqani o‘tkazishga tayyorligini bildirgan. Taqvim yangilangan.
Yevropa Chempionati 2021-yilning 11-iyun kuni Turkiya — Italiya uchrashuvi bilan start oladi. Final esa 11-iyulda Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro—2020 musobaqasiga Rim, Baku, Sankt-Peterburg, Kopengagen, Amsterdam, Buxarest, London, Glazgo, Bilbao, Dublin, Myunxen, Budapesht kabi shaharlar mezbonlik qiladi.
Mavzuga doir: 2021-yilga qoldirilgan futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati “Yevro—2020” nomini saqlab qoladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)