Jennifer Lopes va Aleks Rodriges yozning jazirama kunlarini Malibu sohilida joylashgan uyda o‘tkazishga qaror qilgan. Bu haqda Hello Magazine nashri xabar berdi.
Juftlik 2019-yilning fevral oyidayoq Tinch okeanining Malibu sohillaridan 6,6 million dollarga uy xarid qilgandi. Hududi 410 kv metrdan iborat uy 4 ta yotoqxona, uy kinoteatri va ko‘zguli yoga studiyasi, sauna, fitnes zali va jakuzili terrasani o‘z ichiga olgan.
Bu kabi imkoniyatlarga qaramasdan uyni ijaraga berishga, hatto sotishga qaror qilgan juftlik shu kunlarda Malibudagi boshqa bir hovli oldida paparatsiya nishoniga uchragan.
Ta’kidlanishicha, Aleks va Lopesning Bentley rusumli mashinasi uch qavatli uy yonida to‘xtagan. Shundan keyin OAV yulduzlar tashrif buyurgan uy suratini e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, ijara narxi 70 000 dollarni tashkil qiladigan uy 3 ta yotoqxona, 5 ta yuvinish xonasi va mehmonxona hamda oshxonadan iborat. Xonalarning katta va keng oynasidan okeanni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)