• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Agar vaziyat shunday davom etsa, ko‘p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz (video)

    O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat shu tariqa murakkablashib borsa, ba’zi viloyat va shaharlar qayta yopilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum qildi.

    Davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, oxirgi paytda mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o‘rtasida ham ko‘plab ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.

    Jumladan, Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada kasallangan 551 nafar fuqarodan 482 nafari aynan aholi orasidan aniqlangan. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lum qolmoqda.

    Prezidentning ta’kidlashicha, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida vaziyat murakkab bo‘lib turibdi.

    Toshkent viloyatida 734 holatdan 79 tasi, Navoiy viloyatida 108 ta holatdan 83 tasi, Qashqadaryo viloyatida 51 ta holatdan 48 tasida virus aholi orasida aniqlangan. Shundan Navoiyda 25 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Qashqadaryoda 3 ta holatda virus manbasi hamon noma’lum bo‘lib turibdi.

    Prezident bularning barchasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olayotganini ko‘rsatib turganini ta’kidladi va pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanayotganini aytdi.

    “Agar vaziyat shunday davom etsa, viloyatlar va ko‘p shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari aholi xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiyotni qanday tiklash, odamlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar berishi kerak.

    “Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu bosqichda karantin qoidalariga qat’iy amal qilishimiz shart. Har bir ishimizni ehtiyotkorlik bilan, oqibatini puxta o‘ylab, nafaqat o‘zimiz, balki oilamiz va farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatni chuqur his etib bajarishimiz kerak. Aks holda, barcha sa’y-harakatlarimiz yo‘qqa chiqishi hech gap emas. Ishonchim komil, ancha bilim va tajriba orttirgan, bag‘rikeng va matonatli xalqimiz bu bosqichdan ham, albatta, munosib o‘tadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident Respublika maxsus komissiyasiga pandemiya vaqtida ijtimoiy tijorat infratuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda karantin qoidalarini ta’minlamagan hududlar, korxona va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan javobgarlikni oshirish choralarini ko‘rish va taklif berish bo‘yicha topshiriq berdi. “Kerak bo‘lsa, rahbarlarni ham ishdan olishga majbur bo‘lamiz, chunki bu odamlarning xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq”, — dedi davlat rahbari.

    Ma’lumot uchun, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni 15-iyun kuni 29 tani, 14-iyun kuni 27 tani, 13-iyun kuni 5 tani, 12-iyun kuni 26 tani tashkil qildi. O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon kasallik aniqlanishi bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich 7-iyun kuni qayd etildi, shu kuni 237 kishida kasallik aniqlandi.

    16.06.2020, 21:56   Izoh (0)   79278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimi yaratiladi

    16.06.2020, 21:27

    O‘zbekistonda ichki turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash mumkinligi ma’lum qilindi

    16.06.2020, 21:05

    Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 35 nafari tuzaldi. Ular orasida 3 nafar homilador ayol ham bor

    16.06.2020, 20:58

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratiladi

    16.06.2020, 20:50

    Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 kishida koronavirus aniqlandi. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lum

    16.06.2020, 20:30

    Andijonda 3 kishini Koreyaga o‘qishga yuboraman deb, 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    16.06.2020, 20:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aralash mato va gazlama 2028-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:49

    Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

    Sport | 13 avgust, 15:34

    Grok G‘azo bo‘yicha javobi uchun vaqtincha bloklandi

    Dunyo | 13 avgust, 15:31

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.