Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Skaniya yuk mashinasi hamda Ford yo‘lovchi tashuvchi transport vositasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra 2020-yilning 14-iyun kuni soat 20:40 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududida 4R-48 Zarafshon trakti avtomobil yo‘lining 135 kilometrida haydovchi X.M. (1987-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Skaniya yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib Ford mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ford rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. (1994-yilda tug‘ilgan) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)