• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘ysa yaxshi bo‘lardi”. Deputat Andijondagi zo‘ravon IIB xodimlari haqida

    Andijonda fuqaro A. Abdukarimov ichki ishlar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganidan so‘ng vafot etgani haqidagi xabar jamoatchilik orasida jiddiy norozilikka sabab bo‘lmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qodir Jo‘rayev va Rasul Kusherbayev ushbu vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.

    Foto: Telegram / “Deputatlar minbari”

    Foto: Telegram / “Deputatlar minbari”

    Qodir Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, Andijonda ichki ishlar organlari bilan bog‘liq yuz bergan mudhish holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishning o‘zigina kifoya qilmaydi.

    “Jazolash bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Ozgina vaqtdan so‘ng shu kabi vahshiylik boshqa joyda yana sodir etilmasligiga kafolat yo‘q. Shu bois, ichki ishlar organlarida tizimli islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilishi zarur. Ishni xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishdan, ularning sonini optimizatsiya qilishdan boshlash maqsadga muvofiq.

    Ichki ishlar vazirligi rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi”, — deydi Qodir Jo‘rayev.

    Rasul Kusherbayev ham IIV rahbariyati xalq oldida hech bo‘lmasa bir marta kechirim so‘ramaganini ta’kidladi. “Tizimga nisbatan ijodiy parodiya qilgan ijodkorlarni ham kechirim so‘rattirish darajasiga yetib kelgan ‘farishta’ tizim rahbariyati o‘z xodimlari qonunbuzilishining og‘ir ko‘rinishlariga yo‘l qo‘yganda ham hokisor xalq oldida hech bo‘lmasa bir bor kechirim so‘ramasa. Manmanlik va kibr ham shunchalikmi, axir ularga vakolat bergan, ko‘klarga ko‘tarib siylagan shu xalq emasmi? Vaholanki tizimni kulgiga olgan ijodkorlar ham tanqid qilayotgan boshqalar ham ular kabi ‘odam o‘ldirish” darajasiga borishmayapti”, — dedi deputat.

    Mavzuga doir: “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” ko‘rsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘radi (video)

    Kusherbayevning bildirishicha, har bir tizimdagi kamchilik yoki yutuq bevosita ushbu sohaga rahbarlik qilayotgan shaxslarning qobiliyati, xalqqa sadoqat, inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida ishni tashkil qila olishiga bog‘liq.

    Mavzuga doir: Video: Andijonlik fuqaro IIB xodimi tomonidan ayovsiz kaltaklandi

    “Afsuski jamoatchilikka ma’lum bo‘lib qolayotgan so‘nggi voqealar (aslida bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin) ichki ishlar tizimiga rahbarlik qilib kelayotgan shaxslarning faoliyatiga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi vazirimizni xalqparvar, deb eshitganman. Ammo bo‘lib o‘tgan holatlar ularning iste’fo vaqti yetib kelganini ko‘rsatyapti.

    Hurmatli vazirimiz xalq oldida tizimning obro‘si tushishi, odamlarning e’tirozlari, xodimlarning bosar-tusarini bilmay IIBda qiynoq, o‘ldirish kabi ishlarni ‘tabiiy holga aylanib’ borishida eng minimal darajada bo‘lsin aybdor. Va biz bu kabi ishlarni ularning rahbarlik davrida ko‘proq eshityapmiz.

    Hozir eng muhimi tizimni fuqaro bilan inson sifatida munosabat qila oladigan darajada isloh qilishga tayyor, Prezident tashabbusi bilan inson huquqlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlarni yuqori darajaga olib chiqishga qodir kadrlar bilan to‘ldirish va ortiqcha yuklardan xalos etish zarur.

    Bizga xalq bergan vakolat, Prezident bildirgan ishonchni inson huquqlarini buzish emas, ta’minlash yo‘lida ishlatib, xalqni rozi qilish uchun mehnat qiladigan ‘tili va ishi bir’ qonun himoyachilari kerak”, — deydi deputat.

    Eslatib o‘tamiz, Andijonda fuqaro A.Abdukarimov IIBdagi qiynoqdan so‘ng 11-iyun kuni vafot etgach, besh kishi ishdan olindi, 19 kishi jazolandi. Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida uch nafar ichki ishlar organlari xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Mazvuga doir:

    • “Afsuski, IIV bunday hollarga ‘Bu yangilik emas’ deb qarashga odatlanib qolgan” — Narimon Umarov Andijon shahar IIB xodimlari harakati haqida
    • “Andijondagi voqea huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatdi”. “Yuksalish” umummilliy harakati hodisaga munosabat bildirdi
    • Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi

    16.06.2020, 13:50   Izoh (0)   41983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “yashil” toifaga o‘tgan 10 ta hududda masjidlar ochildi

    16.06.2020, 13:35

    Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

    16.06.2020, 13:05

    Nukusda fuqaroning qo‘lini qayirib olib ketishga uringan IIB va Milliy gvardiya xodimiga aholi norozilik bildirdi (video)

    16.06.2020, 12:49

    O‘zbekistonda davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi

    16.06.2020, 12:04

    Toshkentda “Abu Saxiy” buyum bozori va Sergeli mashina bozori ishga tushdi (video)

    16.06.2020, 11:18

    “Ezgulik, albatta, qaytadi”. Barcha yurtdoshlarimizni qon topshirish xayriya aksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

    16.06.2020, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.