13-iyun kuni Namangan shahri “Yangi Zamin” mahallasida yashovchi 44 yoshli U.X. ismli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, uni bolta bilan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal oqibatida U.X. 36 yoshli turmush o‘rtog‘ining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voyaga yetmagan farzandlari — 10 va 8 yoshli qizlari, shuningdek, 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda 4 oylik chaqaloq voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar qiz esa esa tan jarohati olib, qo‘shnisi A.D. ning yashash xonadoniga qochib chiqishga ulgurgan.
Sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng, U.X. yashash uyining oshxonasida o‘zini yoqib yuborib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan U.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)