14-iyun kuni so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi. To‘y qiziqchining hovlisida bo‘lib o‘tdi.
Ulug‘bek va Robiyaxonning nikoh oqshomida ko‘plab san’atkorlar, xususan, “Mirzo” teatri aktyorlari, Shohjahon Jo‘rayev, “VIA Marokand” guruhi xizmatda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida mazkur talablarni buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Izoh (0)