O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi. Bu haqda 14-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asoslanib, Telegram’dagi @koronavirusinfouz kanali xabar berdi.
Qayd etishlaricha, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida va respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Respublika maxsus komissiyasi quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat bergan:
- Toshkent—Buxoro—Toshkent;
- Toshkent—Termiz—Toshkent;
- Toshkent—Xiva—Toshkent;
- Toshkent—Nukus—Toshkent;
- Andijon—Xiva—Andijon;
- Andijon—Buxoro—Andijon;
- Andijon—Termiz—Andijon.
Shuningdek, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda mashinada yolg‘iz ketayotgan haydovchining niqob taqmasligiga rasman ruxsat berildi
- O‘zbekistonga Xitoy va Koreyadan kelganlar endi karantinga olinmaydi
- O‘zbekistonliklarga o‘qishi va ishini davom ettirish uchun chet elga aviaqatnovlar orqali chiqishga ruxsat berildi
- O‘zbekistonda kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 1-avgustgacha saqlanib qoladi
Izoh (0)