O‘zbekistonda 14-iyun kuni soat 15:40 ga qadar jami 36 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 22 kishi Toshkent shahrida, 10 kishi Buxoro viloyatida, to‘rt kishi esa Namangan viloyatida tuzalgan.
Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo‘lib, shundan 1897 nafari sog‘aydi. Hozirda Toshkentda 847 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda.
Buxoroda shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan. 14-iyun kuni viloyatda sog‘ayganlar soni 467 nafarga yetdi. “Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.
Namanganda jami kasallik qayd etilganlar soni 273 nafar bo‘lib, shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan edi. Ayni paytda 11 nafar bemor davolanmoqda.
“Shunday qilib, bugun hozirgi soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan 36 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 3910 nafarga yetdi”, — deyiladi SSV axborotida.
Izoh (0)