• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Sardobani kemirgan hayvonlar, COVID-19 dan 19 ta o‘lim, IIV va “Sho‘rdanak”, shoir Avazbek O‘tar

    O‘tgan hafta Sardoba suv ombori to‘g‘oni qulashiga laqqa baliqlarning daxldorligi o‘rganilayotgandi. Keyinroq tulki va kalamush kabi kemiruvchilar sababchiligini Fanlar akademiyasi yordami bilan tekshirilgani aytildi. Bir narsa aniq: Sardoba to‘g‘onini hayvonlar qulatdi. “Daryo”da haftaning eng asosiy voqealari sharhini boshlaymiz.

    AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida yuzaga kelgan falokat sababli hamdardlik bildirdi. Trampning yozishicha, suv ostida qolgan uylar, ko‘chirilgan aholi, vayron bo‘lgan yo‘llar va fermer xo‘jaliklari tasvirlarini ko‘rish qalbni larzaga soladi. “Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mushkul paytda O‘zbekiston va uning xalqiga yelkadoshdir”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Shu bilan birga, koronavirusga qarshi kurashda birgalikda ish olib borar ekanmiz, ushbu mudhish pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar uchun yordam bo‘yicha so‘rovingiz tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun ma’muriyatimga ko‘rsatma berdim”, deb xatini tugallagan AQSh prezidenti. Donald Tramp o‘z maktubida Sardobadagi falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID tomonidan mablag‘ ajratilganini ta’kidlab o‘tgan.

    * * *

    IIVchilar bu hafta turli voqealar qahramoni bo‘ldi. “Sho‘rdanak” teleko‘rsatuvi ijodkorlari akasining formasini kiyib ko‘chaga chiqqan soxta YPX xodimiga pora bergani haqida hajviy ko‘rinish namoyish qildi. Biroq bu komediya IIV YHXBBning izzat-nafsiga tegib, hajvchilarni uzr so‘rashga majburladi. Oqibatda hajvchi artistlar GAI xodimlaridan video orqali uzr so‘radi. Unda “GAI va militsiya xodimlari ustidan bunday hazil qilishimiz noto‘g‘ri, aslida. Hech qaysi GAI haydovchini to‘xtatib pora olmaydi. Haydovchilarning o‘zi ‘Otam kasal, enam o‘lib qoldi’, deb ularning rahmini keltirib, nimadirlar qiladi. GAIning pul so‘rashi hayotda bo‘lmagan. Men birorta GAIni yomon demayman”, degan “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktyori Rahmonali Surobov.

    Foto: Google Photos

    Ammo Madaniyat vazirligi bu holga “madaniyat va san’at sohasida cheklovlar qo‘yilsa, u hech qachon rivojlanmaydi”, deb munosabat bildirdi.

    Aytish lozimki, IIV xodimlari tobora noziklashib ketmoqda. Avvalroq Xalq artisti Yulduz Usmonova IIVdan uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Biroq yaqin o‘tmishda IIVchilar haqida hazil sahna asarlari uchun kechirim so‘rattirish urf emas edi. Xususan, marhum qiziqchi Obid Asomovning inspektor Pultopdiyev haqidagi 15 yil avvalgi chiqishi eng tomoshabop intermediyalardan bo‘lgan.

    * * *

    Bu yili oliy ta’lim kvotalari miqdori sezilarli oshdi. OTM bakalavriatiga 2020–2021-yil uchun qabul kvotalari (kunduzgi, sirtqi va kechki) soni o‘tgan o‘quv yildagiga nisbatan 37 ming  550 taga ortgan. Bu qariyb 37 foiz ko‘paydi, deganidir. Shunday qilib, 2020–2021-o‘quv yili uchun  kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar; sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar; kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar o‘rin mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

    Hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi. Keyingi o‘quv yilidan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi. Aytgancha, so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgan.

    * * *

    Qanchalik istamaylik, bu yilgi dayjestlarimiz koronavirussiz bo‘lmayapti. O‘tgan hafta koronavirus yuqtirganlar soni keskin ortganini yozgandik. 14-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 051 nafarni tashkil etmoqda. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 3910 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs sog‘aygan (jumladan, 36 kishi 14-iyun kuni sog‘aydi), 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

    13-iyun kuni 97 kishida koronavirus aniqlandi. 11-iyun kuni Enter Engineering kompaniyasining 28 nafar xodimi virus yuqtirib oldi. Umidli xabar shuki, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari keskin kamaydi. Koronavirusga test topshirganlar bir million kishiga yaqinlashib qoldi. Uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Hozirgacha 19 nafar bemorni COVID-19 hayotdan olib ketdi.

    Toshkentdagi karantin zonalari Yandex-xaritada.

    Toshkentdagi karantin zonalari Yandex-xaritada.
    Skrin: “Daryo”

    Koronavirusga zamonaviy texnologiyalar yordamida kurashishga harakat bormoqda. Yaqindagina Janubiy Koreya yordami bilan COVID-19 ga qarshi mobil ilovalarini yaratib, treking usulini joriy etish rejalashtirildi. Bu ilova koronavirusga chalingan bemorning kim bilan muloqot qilgani va qaysi hududlarda bo‘lganligini aniq ko‘rsatib beradi. Koreyslar bu usuldan foydalanishni ancha oldin boshlagan.

    * * *

    Asli vazifasi fuqaro haq-huquqlarini himoyalash va tartibni saqlash bo‘lgan Ichki ishlar xodimlari bu hafta navbatdagi jirkanch amalni sodir qildilar. 11-iyun kuni Andijondagi shifoxonada fuqaro A. Abdukarimov dunyodan o‘tdi. Uni “dunyodan o‘tdi” emas, “zarbalar natijasida o‘ldirildi”, deb aytish to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki Andijon IIB xodimlari unga bir necha kun ruhiy va jismoniy tazqiy o‘tkazib qiynoqqa solgan edi. Oqibatda A. Abdukarimovning sog‘lig‘i yomonlashgach, Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan. Biroq tibbiy yordam kor qilmagan.

    Foto: Google Photos

    Jabrlanuvchining komada yotgan holati videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Telegram-kanalida “2020-yil 30-may kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A. Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deya xabar berdi.

    Ajablanarlisi, ushbu video tarqalgachgina  IIB xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berildi. Davlat idoralarida orqa sana (“zadniy chislo”) bilan ish ko‘rish oddiy holat bo‘lgani uchun “ish” ochilishiga video tarqalishi sababchi bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Qiziq, video tarqalmaganda bir odamning umriga zomin bo‘lganlar jazosiz yuraverarmidi?

    Eslatib o‘tamiz: o‘tgan oyda bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova “2019-yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DXX xodimlari”, deb bayonot bergan edi.

    * * *

    2019-yilning so‘zi bo‘lgan “innovatsiya” atamasini tilga olamiz. Prezidentning 2017-yil 29-noyabrdagi farmoniga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan edi. O‘sha yili dekabrda bu yangi idora uchun bino qurish boshlangandi. Besh qavatli bino zamonaviy fan yutuqlariga moslab loyihalashtirilgan bo‘lib, uning bitishi shu haftaga to‘g‘ri keldi. Birinchi qavatda ko‘rgazmalar zali, amfiteatr, yosh ixtirochilar xonasi, axborot bo‘limi, elektron kutubxona, qahvaxona, fuqarolar qabulxonasi joylashgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ikkinchi qavatda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, robototexnika va mexatronika, internet dasturlari bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilgan. Ilmiy-texnik axborot markazi, O‘zMU huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi, startap xonalari uchinchi qavatda joylashgan. Yuqori qavatlardan vazirlik xodimlari uchun kabinetlar, anjuman zallari o‘rin olgan. Bu yerda aerokosmik tadqiqotlar va 3D prototiplashtirish bo‘yicha o‘quv laboratoriyalari ham faoliyat ko‘rsatadi. Shavkat Mirziyoyev Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.

    Ushbu vazirlikdan xalq xo‘jaligida innovatsion o‘zgarishlarni kutish mumkinmi? Bu savolga darhol ijobiy javob berish qiyin. Innovatsiya bu ixtiro yoki kashfiyot emas, tatbiq qilish mumkin bo‘lgan va tatbiq qilingan sohaning samaradorligini oshiruvchi yangilikdir. Innovatsiya vujudga kelishi uchun ilm-fan, ta’lim va sanoat tutashishi zarur. Tabiiyki, bu borada tizimdagi real holat kelgusidagi ishlarda ham o‘z aksini topadi.

    * * *

    Aslida, dayjestimizda shou-bizneschilarni deyarli tilga olmaymiz. Biroq Avaz Olimov ismli qo‘shiqchining sahnada boshlovchiga odobsizlarcha bergan tanbehi bu hafta san’at muxlislarining hafsalasini pir qilgani uchun tilga olamiz. Milliy estrada yo‘nalishida kuylovchi xonandaning ismini boshlovchi toq aytgan, shekilli, Olimov unga “Mazgi, mening ismim Avazbek, Avaz emas, Avazni bog‘chada aytiladi, j****”, deya qattiq urishgan va ovoz mikrofon orqali eshitilgan.

    Foto: Telegram / Fayzboguz

    Atigi to‘qqiz soniyali videodagi qo‘shiqchining o‘zini tutishi kuzatuvchilarning qattiq tanqidiga sabab bo‘ldi. Bekor o‘tirgan tomoshatalab va memchilar darhol Avaz Olimov mavzusiga o‘tdi. Barcha o‘z ismiga “bek” qo‘shib aytilishini kinoyaomuz talab qila boshladi. Xiva xonligida yashagan o‘zbek demokrat shoiri Avaz O‘tar rasmining ostiga Avazbek O‘tar deb yozib qo‘yishdi (biz esa xonanda ismidan “bek”ni tushirib qoldirdik).

    “Daryo”da qoling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling. Karantin talablariga rioya qiling.

    14.06.2020, 20:55   Izoh (0)   208634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 19 ta yangi savdo-ko‘ngilochar majmuasi quriladi

    14.06.2020, 20:17

    Sirdaryo viloyati hokimligi: Sardoba fojiasidan zarar ko‘rmagan o‘nlab fuqarolar 40 mln so‘mlik sertifikat talab qilgan

    14.06.2020, 18:53

    Prezident Administratsiyasi ta’lim sho‘basi mudiri xalq ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

    14.06.2020, 18:15

    Andijonda fuqaro IIBdagi qiynoqdan so‘ng vafot etgach, besh kishi ishdan olindi, 19 kishi jazolandi

    14.06.2020, 17:52

    Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i ishdan olindi. Bir necha kun avval uning xodimlari qiynagan fuqaro vafot etgan

    14.06.2020, 17:30

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5000 dan oshdi. Bemorlar yetti soatda 57 kishiga ko‘paydi

    14.06.2020, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.