Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent vaqti bilan 12-iyun kuni soat 09:30 da Qirg‘iziston hududida zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Skrinshot: Google Maps

Skrinshot: Google Maps

Zilzila qo‘shni Qirg‘izistonda yuz bergan — episentr Toshkentdan 326 kilometr, Andijondan 59 kilometr masofada joylashgan. Magnitudasi 3,4 ga teng, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Qayd etishlaricha, yer silkinishlari kuchi Andijonda 2 ballni tashkil etgan.

“O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, aprelda Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda, Namanganning Uychi tumanida yuz bergan zilzila kuchi esa Andijon va Farg‘onada ham sezilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi