O‘zbekistonda 11-iyun kuni soat 16:30 holatiga ko‘ra, yana 22 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 4717 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan);
- 8 nafari (Sirdaryoda — 3 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar, Qoraqalpog‘istonda — 2 nafar) Rossiyadan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilarida qayd etilgan.
O‘zbekistonda kun davomida hozirgacha 79 nafar bemor kasallikdan tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan fuqarolar soni 3611 nafarga yetdi. Virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.
Hozirda O‘zbekistonda 1087 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.
Izoh (0)