• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Arab dunyosining taqdirini hal qilgan hafta. Olti kunlik urush tarixi

    Bundan 53 yil oldin — 1967-yil iyunida Yaqin Sharqda urush boshlandi. Unda bir tomonda Isroil, boshqa tomonda deyarli butun arab dunyosi turdi. 11-iyun kuni sulh bitimi imzolandi. “Daryo” shu sana munosabati bilan mintaqa va jahon tarixida muhim o‘rin tutgan Olti kunlik urush haqida hikoya qiladi.

    Hech kim omon qolmasligi kerak bo‘lgan urush uchqunlari

    1963-yil bahorida Suriyada hokimiyat tepasiga “Baas” millatchi partiyasining ekstremistik qanoti keldi, bu esa Isroil va arab davlatlari chegaralaridagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Oradan bir yil o‘tgach, Damashqdagi yangi rahbariyat Isroilni suv zaxiralaridan mahrum qilishga qaror qilib, Iordan daryosining suv o‘zanini burib yuborish uchun kanal qazishni rejalashtirdi. Butun Yaqin Sharqdagi kabi Isroil uchun ham suv muammosi hayot-mamot masalasidir. Agar daryo o‘zani o‘zgarsa, bu Isroildagi ichimlik suvining asosiy ombori bo‘lgan Kinneret ko‘lining keskin suvsizlanishga olib keladi. Isroil hukumati Suriyaning bu rejasini urush uchun bahona sifatida ko‘rishini aytdi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Yahudiy davlatining yana bir jiddiy muammosi Falastinning FATX (Falastin milliy ozodlik harakati) jangarilarining Isroilga qarshi bir qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirishi edi. “Yahudiylarni dengizga uloqtirishni” va’da qilib kelgan harakat rahbari Ahmad Shukeyri, arablar g‘alabasidan so‘ng omon qolgan isroilliklar kelib chiqqan mamlakatlariga qaytib ketishlari mumkinligini aytib, “Menimcha, hech kim omon qolmaydi”, deb qo‘shib qo‘yardi.

    Urush oldidan

    1967-yil may oyi boshida Sovet Ittifoqi vakillari Misr rahbari Jamol Abdul Nosirga Isroil qo‘shinlarining Suriya chegarasiga to‘planayotgani haqidagi yolg‘on ma’lumotni yetkazadi. Nosir harakat qilishga qaror qiladi. 17-may kuni Misr askarlari Isroil va Misr chegarasidagi BMT kuzatuv punktlarini egallay boshlaydi. 22-may kuni Misr, Isroil kemalari uchun Tiran bo‘g‘ozini yopib qo‘yganini e’lon qiladi. Nosir, shuningdek, agar urush boshlanguday bo‘lsa, bu urushning maqsadi Isroilni yo‘q qilish bo‘lishini aytadi.

    Iyun oyi boshiga kelib, yahudiy davlatiga qarshi ishchanlik va harbiy texnikalar sifati jihatidan undan ustun bo‘lgan harbiy koalitsiya turardi. Isroilni qurshab olgan arab qo‘shinlari 360 ming askar, 2 mingdan ortiq zamonaviy tank, 700 qiruvchi va bombardimonchi samolyotdan iborat edi. Deyarli barcha harbiy texnika Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgandi. Isroil esa 800 ga yaqin tank, 300 ga yaqin samolyot va 264 ming askar bilan ushbu kuchga qarshi chiqishi mumkin edi. 1967-yil 1-iyunda Isroilda milliy birlik hukumati tuzildi, 1956-yilgi Arab-Isroil urushining qahramoni Moshe Dayan mudofaa vaziri bo‘ldi. Urush muqarrar edi.

    Urush boshlandi. Birinchi kun

    5-iyun, dushanba kuni Isroil havo kuchlari Misr harbiy aerodromiga kuchli bomba hujumini amalga oshirdi. Harbiy kemalardagi radarlarda ko‘rinmaslik uchun samolyotlar Sinay yarimoroli ustidan juda past balandlikda uchib o‘tdi va Misr aerodromlariga yetib borganlarida hujumni boshladi. Isroil aviatsiya hujumining birinchi to‘lqini nishonga yetgan paytda ikkinchisi yo‘lda edi, uchinchisi esa yuqoriga ko‘tarila boshlagandi. Shunday qilib, har 10 daqiqada tinimsiz yangi-yangi samolyot hujumlari amalga oshirilardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Isroil harbiy havo kuchlari hujumlarining dastlabki uch soatida Misrning kamida 300 ta jangovar samolyotini yo‘q qildi. Shu jumladan, uzoq masofali bombardimonchi bo‘lgan 30 ta Tu-16, shuningdek, Il-28, Su-17, MiG-17, MiG-19 va MiG-21 qiruvchi samolyotlarini ishdan chiqardi. Ushbu hujumlar oqibatida Misr aviatsiyasi real harbiy kuch sifatida yo‘q bo‘lib ketdi. Urushning birinchi kuni oxiriga kelib, Suriyaning ham 60 ta samolyoti yo‘q qilindi, Iordaniya esa urushning ikkinchi kunining oxiriga qadar 40 ta samolyotini yo‘qotdi. Bu yo‘qotishlar butun urush kampaniyasining natijasini oldindan belgilab qo‘ygan edi.

    Harbiy harakatlar boshlanishidan biroz oldin Isroil bosh vaziri Levi Eshkol Quddusdagi BMT kuzatuvchilari qo‘mondoni, kanadalik general Odd Bull orqali Iordaniya qiroli Husaynga: “Biz Iordaniyaga qarshi hech qanday chora ko‘rmaymiz. Ammo Iordaniya urushga qo‘shilsa, biz bor kuchimiz bilan javob beramiz”, – deb aytgan edi. Shunga qaramay, qirol Misr qo‘shinlari Negev cho‘li orqali Isroil hududiga o‘tgani haqidagi xabarlarga ishonib, Quddusning yahudiy qismini o‘qqa tutish haqida buyruq berdi. Natijada Quddus uchun janglar boshlandi. Isroil artilleriyasi shahardagi Iordaniya qo‘shinlarining asosiy tayanchi – Givat ha-Tahmoshetga zarba berdi.

    Shu bilan birga generallar Israel Tal, Ariel Sharon va Avraam Ioffelar qo‘mondonligi ostidagi uchta zirhli bo‘linma, Sinay yarimorolining shimolidan hujum boshladi. Misr mudofaa tizimining mustahkam chiziqlaridagi tanklar, tankka qarshi qurollar va mina zarbalarini o‘z ichiga olgan og‘ir janglar bir kun davom etdi. Isroilliklar 35 nafar tank komandirini yo‘qotdi. Shunga qaramay, Sinayda chegaralarni himoya qilayotgan Misr qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. 6-iyun kuni ertalab soat oltida so‘nggi qarshilik markazlari bostirildi.

    Ikkinchi kun. G‘azo sektori

    6-iyun, seshanba kuni G‘azo sektori bosib olindi va Sinay sahrosining markazidagi Misr armiyasi qurshovga olindi. Markaziy frontda Iordaniyaning Jenin, Kalkiliya, Xevron va Bayt-Lexem shaharlari ham egallab olindi. Shu kuni ertalab Isroil parashyutchilari muhim strategik nuqta bo‘lmish Latrunni egalladi. Bu yerda monastirni himoya qilgan iordan askarlari va Misr komandoslari hech qanday qarshiliksiz orqaga chekindi.

    Uchinchi kun. Quddus

    Isroil bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general Haim Bar-Lev 7-iyun, chorshanba kuni ertalab soat beshda Quddusdagi Eski shaharni shturm qilishga buyruq berdi. Ertalab soat to‘qqizda general Mordehay Gur boshchiligidagi parashyutchilar Eski shaharga bostirib kirdi. Quds al-Haramda ham shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. U yerdagi Umar masjidida o‘tirgan bir necha o‘nlab arab askarlari parashyutchilarni olov bilan qarshi oldi. Kechqurun qonli ko‘cha janglaridan so‘ng Sharqiy Quddus bosib olindi va 1948-yilda Iordaniya tomonidan bosib olingan Eski shahar ozod qilindi. Qirol Husayn o‘z armiyasiga Iordan daryosining narigi tomoniga chekinishni buyurishga majbur bo‘ldi. Bu orada G‘arbiy sohil bo‘ylab Isroil kuchlari jadal sur’atlar bilan siljib borardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    To‘rtinchi kun. Misr armiyasining mag‘lubiyati

    8-iyun, payshanba. G‘arbiy sohilning butun hududi Isroil qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. SAXAL’ning ilg‘or bo‘linmalari Suvaysh kanalini kesib o‘tib, uning sharqiy sohiliga kirib bordi. 8–9-iyunga o‘tar kechasi Misr hukumati sulhga rozi bo‘ldi. Bu vaqtga kelib, Misr armiyasi mag‘lubiyatga uchrab bo‘lgandi. Isroil kuchlari Sinay yarimorolini to‘liq nazoratga oldi. Shu bilan Tirana bo‘g‘ozidagi blokada tugadi, Isroil uchun Eylatdan Qizil dengizga chiqish yo‘li ochildi.

    Beshinchi kun. Golan tepaliklari

    9-iyun, juma kuni Isroil tanklari va piyoda askarlari aviatsiya ko‘magi bilan Golan tepaligidagi Suriya istehkomlariga hujum qildi. Qal’alar po‘latdan yasalgan bunkerlardan iborat edi. Suriyaliklar tomonidan minalashtirilgan qiyaliklar bo‘ylab Isroil qo‘shinlarining old qatorida buldozerlar borardi. Bu operatsiyada ko‘plab buldozerchilar halok bo‘ldi. Kun oxiriga kelib, Suriya mudofaasining birinchi chizig‘i isroilliklarning qo‘liga o‘tdi.

    Oltinchi kun. Yakun

    10-iyun, shanba kuni ertalab Suriya qo‘shinlari istehkomlarini portlatib, chekinishni boshladi. Golan tepaliklari tortib olindi: vertolyotlar Isroil askarlarini frontning eng muhim strategik nuqtasi bo‘lgan Xermon tog‘iga olib chiqdi. Damashqqa yo‘l ochiq edi: Isroil tanklari Suriya poytaxtidan 40 kilometr uzoqlikda edi.

    Soat 19:30 da BMT Xavfsizlik Kengashining takroriy chaqirig‘idan so‘ng tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi.

    Hozir dunyoning harbiy akademiyalarida o‘rganiladigan mashhur olti kunlik urush shu bilan tugadi. Isroil yashash huquqini himoya qildi. Birlashgan Quddus mamlakat poytaxti deb e’lon qilindi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Golan tepaliklari, Sinay va Iordan daryosining g‘arbiy sohili Isroil nazorati ostiga o‘tdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo urush tugab oradan to‘qqiz kun o‘tgach, Isroilning bo‘lg‘usi prezidenti Haim Gertsog “Isroil hukumati bir ovozdan butun Sinayni Misrga tinchlik evaziga qaytarib berishga ovoz berdi... Isroil tinchlik shartnomasi evaziga Suriyaning Golan tepaliklarini ham qaytarishga tayyor”, – deb aytdi. Javob avgust oyida keldi. 1967-yil Sudan poytaxti Xartumda tuzilgan Xartum rezolyutsiyasida arab davlatlari rahbarlari uchta “yo‘q” siyosatini ma’qulladi: Isroil bilan tinchlik – yo‘q, Isroilni tan olish – yo‘q, Isroil bilan muzokaralar – yo‘q.

    Shunga qaramay, Olti kunlik urushdagi g‘alaba Isroilga 1979-yilda Misr bilan tinchlik shartnomasini tuzish imkoniyatini berdi va 1993-yilda Falastin ozodlik tashkiloti bilan ham tinchlik shartnomasi imzolandi, ammo vaqt ko‘rsatib turibdiki, bu tinchlik shartnomalari amalda Yaqin Sharqqa tinchlik olib kelmadi va ushbu urushning aks-sadosi shu kunlargacha tinmadi...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    11.06.2020, 07:58   Izoh (0)   53134
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda o‘limi xalqning norozilik namoyishlari o‘tkazishiga sabab bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floydning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)

    11.06.2020, 00:31

    103 yoshli marafonchi, Toshkent yo‘llariga qaytgan avtobuslar, qo‘lqop va niqoblardan ifloslangan O‘rta Yer dengizi. 10-iyun suratlari

    10.06.2020, 23:58

    Italiyalik shifokor Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atadi

    10.06.2020, 22:16

    Ekspertlar 2020-yilni aviatsiya tarixidagi eng yomon davr deb atadi

    10.06.2020, 22:04

    Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    10.06.2020, 14:35

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 nafarga, Janubiy Koreyada esa 50 nafarga oshdi

    10.06.2020, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kuchli shamol oqibatida Toshkent shahri va viloyatida qariyb 19 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:53

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    Salomatlik | 17 may, 21:25

    Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:00

    LG ikki qismga ajraladigan ramkasiz televizorni taqdim etdi

    Texnologiyalar | 17 may, 20:40

    Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 17 may, 20:20

    Superliga. Toshkentdagi jangovar bahsda “Buxoro” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 may, 20:17

    Bolangizga vitaminli marmeladlar berasizmi? Ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan haqiqatlar

    Farzand | 17 may, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.