• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasasida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish tartibi ma’lum qilindi

    “Professional ta’lim muassasasida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nizomga ko‘ra, professional ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.

    Sirtqi ta’lim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi shakli.

    Sirtqi ta’limga o‘quvchilarni qabul qilish:

    • sirtqi shaklda — umumiy o‘rta (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti yoki Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat;
    • ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi shaklda — bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatga ega shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
    Sirtqi ta’limda o‘qish muddatlarini belgilashda kunduzgi ta’lim shaklidagi tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha jami o‘quv yuklamaning kamida 30 foiz miqdoridagi soatlar hajmini bevosita professional ta’lim muassasasida o‘qitish va qolgan qismini mustaqil ta’lim shaklida o‘zlashtirish hisobga olinadi.

    Sirtqi shaklda o‘qish muddati tegishli kasb yoki mutaxassislikning kunduzgi ta’lim shaklining ta’lim dasturlarida belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan holda belgilanadi.

    Ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) sirtqi shaklda o‘qish muddati o‘quvchilarning oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko‘rib chiqqan holda kasblarning o‘quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.

    Sirtqi ta’limda o‘quv jarayoni kunduzgi ta’lim uchun ta’lim sohalarining tegishli ta’lim standartlari, malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan (modul) dasturlari asosida tashkil etiladi. Kasblar yoki mutaxassisliklar o‘quv jarayoni grafigi, ishchi o‘quv rejasi va fan dasturlari professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. O‘quv jarayoni grafigida semestrlar ko‘rsatiladi.

    O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta’limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchi metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.

    O‘quvchi fan (modul) bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi o‘quvchi yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, onlayn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.

    Sirtqi ta’lim o‘quvchisi har bir semestr davomida bir marta professional ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.

    O‘quv sessiyasi davomida:

    • o‘quvchi semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi. Fan (modul) bo‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda o‘quvchiga fan (modul) bo‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;
    • fan (modul)lar bo‘yicha yakuniy baholashlar o‘tkaziladi;
    • navbatdagi semestr davomida o‘qitiladigan fan (modul)lar qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari orqali tanishtiriladi.
    Sirtqi ta’limda o‘quvchi tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasidagi barcha o‘quv fan (modul)larini o‘zlashtirishi shart. Sirtqi ta’limda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi. Oraliq baholash masofaviy aloqa orqali onlayn rejimida o‘tkazilishi ham mumkin.

    Sirtqi ta’lim o‘quvchilarining malakaviy amaliyotlari ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan holda) o‘quvchining ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkaziladi.

    Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti o‘quvchining ish joyi ta’lim olayotgan kasbi yoki mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi)ga mos bo‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan o‘quvchilar uchun barcha malakaviy amaliyotlar professional ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari o‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.

    Muayyan kursdagi fan (modul)larni to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchi professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan keyingi kursga o‘tkaziladi. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fan (modul)larni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim.

    Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan o‘quvchi qayta o‘qish uchun kursda qoldiriladi. O‘quvchi birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda o‘quvchilar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.

    Sirtqi ta’lim o‘quvchilariga o‘quv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi. Kursda qoldirilgan o‘quvchilarga esa haq to‘lanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi.

    Sirtqi ta’lim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan o‘tish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun o‘quv jarayoni grafigida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi.

    Bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qo‘shimcha ta’til berishi mumkin.

    Professional ta’lim muassasalarida kechki ta’lim tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.

    Kechki ta’lim quyidagi shakllarda olib boriladi: kechki shakl, ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning kechki shakli.

    Kechki ta’limga o‘quvchilarni qabul qilish:

    • Kechki shaklda — umumiy o‘rta (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti yoki Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat;
    • ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning kechki shaklda — bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
    Kechki ta’limda o‘qish muddati tegishli kasb yoki mutaxassislikning kunduzgi ta’lim shakli ta’lim dasturlaridagi umumiy o‘quv yuklamani hisobga olgan holda o‘quv rejada belgilangan haftalik yuklama hamda o‘quv jarayoni grafigidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

    Kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Kechki ta’limda o‘quv jarayoni kunduzgi ta’lim uchun ta’lim sohalarining tegishli ta’lim standartlari, malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan (modul) dasturlari asosida tashkil etiladi. O‘quv jarayoni bir o‘quv yilida ikki semestrli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish kunduzgi ta’lim bilan bir xil tartibda tashkil etiladi. Kechki ta’lim o‘quvchisi tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasidagi barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi shart.

    O‘qish odatda kunduzgi smena mehnat faoliyatidan keyingi vaqtda auditoriya mashg‘ulotlari (ma’ruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda o‘quvchilarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, jumladan, masofadan turib o‘qitish shaklida amalga oshiriladi.

    O‘quv mashg‘ulotlarining ayrim qismi professional ta’lim muassasasi hamda o‘qituvchilarning vaqt va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘quvchilarning mehnat faoliyati smenasiga muvofiqlashtirilib, kunning birinchi yarmida ham tashkil qilinishi mumkin. Bunda guruh o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyati hisobga olinadi.

    Kechki ta’limda o‘qish (kunduzgi ta’limdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 4-5 kun amalga oshiriladi va haftalik o‘quv soati hajmi 20 soatdan ortmaydi.

    O‘quvchilar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Kechki ta’limda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi.

    Kechki ta’lim o‘quvchilarining o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda, ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchining ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkazilishi mumkin. Ishlab chiqarish amaliyoti joyi kasb yoki mutaxassislikka mos bo‘lmagan holda ushbu amaliyotlar professional ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda o‘tkaziladi.

    Muayyan kursdagi fan (modul)larni to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchi professional ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan keyingi kursga o‘tkaziladi. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fan (modul)larni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi, undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim.

    Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan o‘quvchi qayta o‘qish uchun kursda qoldiriladi. O‘quvchi birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda o‘quvchilar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.

    Sirtqi va kechki ta’lim o‘quvchilariga o‘quvchilik guvohnomasi beriladi.

    Mavzuga doir: Toshkentdagi uchta OTMda yangi o‘quv yilidan boshlab masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

    10.06.2020, 05:36   Izoh (0)   54982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda ot sotib olib, sotuvchini 62 mln so‘mga “uxlatgan” shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    10.06.2020, 04:35

    O‘zbekiston va Singapur erkin savdoni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi

    10.06.2020, 03:34

    Andijonda 21 yoshli kelinchak o‘z uyidagi pulni o‘g‘irladi

    10.06.2020, 02:33

    Qashqadaryoda o‘rdak oviga chiqqan fuqaro pnevmatik miltiqdan 20 yashar qizni otib qo‘ydi

    10.06.2020, 01:32

    O‘zbekistonda 9-iyun kuni 80 kishida koronavirus aniqlandi. Ayrim holatlarda kasallik manbasi noma’lum bo‘lib turibdi

    09.06.2020, 23:52

    Shuhrat G‘aniyev Qirg‘izistonda Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov bilan uchrashdi

    09.06.2020, 23:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.