Germaniyaning dunyo qimmatbaho metallar va xomashyo bozoriga ixtisoslashgan Goldseiten.de internet sahifasida mamlakatlarning oltin zaxiralari bag‘ishlangan World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisoboti to‘g‘risida ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Jahon oltin kengashining 2020-yil 1-iyundagi hisobotiga ko‘ra, 335,9 tonna oltin zaxirasiga ega O‘zbekiston dunyoda 17-o‘rinda turibdi. Bu mamlakat valyuta zaxirasining 59,1 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda. Undan keyingi o‘rinni Saudiya Arabistoni (323,1 tonna, 3,4 foiz) egallagan.
Hisobotda birinchi o‘rinni AQSh (8 133,5 tonna), ikkinchi o‘rinni Germaniya (3 363,6 tonna), uchinchi o‘rinni esa Xalqaro valyuta jamg‘armasi (2 814,0 tonna) egallab turibdi.
Izoh (0)