Amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ma’lum bo‘lishicha, neyrotarmoq ham inson kabi uxlashi kerak. Bu ularning barqaror ishlashiga yordam beradi, deb yozadi Eurek Alert.
Sun’iy intellekt uzluksiz yuklamalar sabab o‘chib qolishi mumkin. Biroq sun’iy intellektga insonlarning uxlashiga o‘xshash dam olish tizimi joriy etilsa, bu kabi muammo yuzaga kelmaydi.
Mutaxassislar AQSh Energetika vazirligiga qarashli Los-Alamoss milliy laboratoriyasida tajriba o‘tkazdi.
Sun’iy intellekt muntazam yuklamalar sabab qota boshlagan. Shunda olimlar neyrotarmoqqa inson miyasi uxlaganida sezadigan to‘lqinlarni yuborgan. Tadqiqot mualliflaridan biri Yizing Uotkinsning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi hordiq sun’iy intellektga ijobiy ta’sir qilgan — u barqarorligini saqlab qolgan.
Izoh (0)