Finlyandiyalik bloger va YouTube’dagi Hydraulic Press Channel kanali muallifi astronavtlarga pitssa yetkazib berishning noodatiy usulini sinab ko‘rdi. U avtomobilni dinamit yordamida havoga uchirishga urindi.
Pitssani kosmosga yetkazib berish borasidagi tajriba iyun oyining boshlarida o‘tkazilgan. Start maydonchasi sifatida o‘rmondagi hudud tanlangan va yerga 70 kilogrammga yaqin dinamit ko‘milgan. Uning ustiga pitssa tashishga mo‘ljallangan avtomobil vertikal ravishda o‘rnatilgan. Biroq portlash natijasida mashina havoga ham ko‘tarilmagan: u bo‘laklarga ajralib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning fevralida Ilon Maskning Space X kompaniyasi eng og‘ir Falcon Heavy eltuvchi raketasida Tesla Roadster elektrokarini kosmosga uchirgan edi. Keyinroq “Roskosmos” rahbari kosmosga “KamAZ” uchirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)