Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur tumanidan o‘tgan qismida 5-iyun kuni ommaviy pichoqbozlik yuz bergani, ikki kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq mojaro ishtirokchilaridan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Poytaxt IIB matbuot xizmatining xabari qilishicha, pichoqbozlik ishtirokchilaridan yana biri og‘ir ahvolda.

“Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, kelishmovchilik ishtirokchilaridan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar ikkinchi yigitning holatini og‘ir deb baholamoqda. Yana ikki nafar yigitga ham og‘ir tan shikastlari yetgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal 27 yoshli D.M. biznes hamkori — 1988-yilda tug‘ilgan B.R. bilan Toshkentning Lutfiy ko‘chasida joylashgan dorixonadan tushadigan daromad sabab paydo bo‘lgan kelishmovchilikdan yuzaga kelgan.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov bilan prokuratura organlari shug‘ullanmoqda.

Ta’kidlanishicha, hodisaga aloqador bir nechta shaxs qo‘lga olingan. Qolganlarning shaxslarini aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda