“Barselona” hujumkor yarim himoyachi Usmon Dembele bilan xayrlashishga tayyor. Katalon klubi fransiyalik futbolchini transferga qo‘yadi, deya xabar qilmoqda Diario Sport. “Barselona” mavsum yakunlangach, avgust oyida bu haqda o‘yinchining agenti Mussa Sissokoga ma’lum qiladi.

Foto: Google Images

Agar Dembele joriy mavsum maydonga tushmaydigan bo‘lsa, uni yaxshi narx evaziga sotishning iloji bo‘lmaydi. “Barselona” uni 2017-yilda 105 million yevro evaziga “Borussiya D”dan sotib olgandi.

Hozircha “Barselona”da Usmon borasida aniq takliflar yo‘q. Avvalroq futbolchiga “Yuventus”, PSJ va “Liverpul”dan qiziqish bo‘layotgani xabar qilingandi. Biroq uning jarohatga moyilligi va o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi klublarda xavfsirash uyg‘otmoqda.

Dembelening o‘zi “Barselona”da qolishni istayapti. U so‘nggi bor jamoa safida 2019-yilning 27-noyabrida o‘ynagandi. Joriy mavsum Dembele La Ligada beshta o‘yin  o‘tkazdi va bitta gol muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!