Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ichki ishlar organlari xodimlari yosh yigitlarni ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olayotganlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Videoda aks etgan voqea bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum bo‘lishicha, 1-iyun kuni taxminan soat 18:30 da Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari “Moviy gumbazlar” xiyoboni hududini patrullash davomida to‘plangan fuqarolarga o‘yin kartalari yordamida fokus ko‘rsatayotgan ikki nafar yosh yigitni ko‘rib qolgan. Tomoshabinlar jamoat joyida bo‘la turib ijtimoiy masofani saqlamagan. Ya’ni sanitariya-epidemiologiya qoidalari buzilib, inson salomatligiga xavf tug‘dirilgan. Shu sababli xodimlar yosh yigitlarga tanbeh berib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun bu kabi tomoshalar uyushtirmaslikni so‘ragan.

Ammo 2-iyun kuni kechki payt PPX xodimlari yana o‘sha yigitlar jamoat joyida tomosha ko‘rsatayotganini ko‘rib qolgan. Ularda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Birinchi ogohlantirishdan keyin tegishli xulosa qilmagan yigitlar jamoat joyida tomosha uyushtirishda davom etgan. Shu sababli ichki ishlar organlari xodimlari ulardan eng yaqin bo‘limga shaxslarini aniqlash uchun va profilaktik suhbat o‘tkazish uchun borishni so‘ragan.

Ammo yigitlardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Bu holat noma’lum shaxs tomonidan mobil telefon kamerasiga videoga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

“Yigitlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazildi. Ulardan biri voyaga yetmagan bo‘lgani uchun darhol qo‘yib yuborildi. Ikkinchisi esa jizzaxlik 19 yoshli Oleg X. bilan karantin qoidalariga rioya qilish muhimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgach, qo‘yib yuborildi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda