Amerikaning Production Club dizaynerlik studiyasi pandemiya vaqtida klub va konsertlarga tashrif buyurish imkonini beradigan Micrashell nomli himoya kostyumi konseptini taqdim etdi. Micrashell’ga Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi Cyberpunk 2077 akkaunti e’tibor qaratgan.
Shlemning ostiga — ko‘krak tarafga smartfon, ichimlik va elektron sigaret uchun idish joylashtirilgan. Ixtirochilarning qayd etishicha, shlemga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni yozib oluvchi kamera o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, kostyumning modul tizimi bemalol harakatlanish, hojatga chiqish imkonini beradi.
Mazkur yangilik qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)