Istalgan restoran yoki kafedagi taomni uyda tayyorlash mumkin. O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan taom ham ishonchli ham to‘yimli bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Naggets uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tuzli pechenye (krekerdan foydalanish tavsiya qilinadi) — 100 gr
  • Tovuq filesi — 100 gr
  • Pishloq — 70 gr
  • Tuxum — 2 dona
  • Murch, tuz

Tayyorlanish jarayoni:

  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Pechenyeni talqon holiga keltiring va pishloqqa qo‘shib yaxshilab aralashtiring. Aralashma urvoq holida bo‘​lishi kerak.
  • Tovuq filesini 5 sm uzunlikda to‘g‘rang.
  • Tuxumga tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Fileni tuxumli aralashmaga keyin bo‘lsa pechenyeli talqonga bulang.
  • Patnisga maxsus qog‘oz soling va filelarni terib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechga 20 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!