Navoiyda Suv xo‘jaligi vazirligiga tegishli suv quvurlarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning mart oyida noma’lum shaxslar tomonidan Uchquduq tumani “Bozdun” OFY cho‘l hududida bo‘lgan Suv xo‘jaligi vazirligi Zarafshon irrigatsiya va energetika boshqarmasiga tegishli jami narxi 102 million 250 ming so‘mlik diametri 273 millimetr bo‘lgan 300 metr quvurlar qazib olinib, o‘g‘irlab ketilgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Tergov tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 39 yoshli Sh.J., 33 yoshli Sh.O., 32 yoshli E.T., 34 yoshli B.R. va F.Q.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan. Jinoiy guruh vakillari IIB xodimlari tomonidan ushlangan hamda o‘g‘irlab ketilgan quvurlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (Ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.J., Sh.O., E.T., B.R. va F.Q.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti