“Insoniyat portreti”: Dunyo aholisining farqlaridan ko‘ra o‘xshash jihatlari ko‘pligini ko‘rsatuvchi suratlar
“Insoniyat portreti 2020” xalqaro rasmlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Fotograflarning butun dunyo insonlarining farqli jihatlaridan o‘xshash tomonlari ko‘pligini isbotlovchi suratlarida qahramonlarning qayg‘usi, quvonchi, ularning o‘ylari, tashvishlari, qarshi olish va vidolashishlari aks etgan.
Hindistonlik fotograf Udayan Shankar ona va qizining hissiyotlarga to‘la yuz ifodalarini aks ettirgan.Foto: “RIA Novosti”
Fotograf Antuan Veling sidneylik xonandaning konsertida ishtirok etdi va u sahnada o‘zi bilan raqs tushish uchun muxlislarini taklif etgan onlarni tarixga muhrladi.Foto: “RIA Novosti”
Ketrin Makfining “Po‘lat ayol” deb nomlangan ushbu surati qahramoni Daqqadan Bangladesh poytaxtiga ish izlab ketishga majbur bo‘lgan ko‘p sonli aholi vakillaridan biri.Foto: “RIA Novosti”
Attilio Fyumarellaning “Suzuvchilar” surati. Birmengemdagi Moseley Road Baths yopilishiga qarshi chiqqan yuzdan ortiq kishi to‘plandi.Foto: “RIA Novosti”
Anya Emtaj Legranoning bir yoshli o‘g‘li voleybol o‘ynayotgan opalarini kuzatmoqda.Foto: “RIA Novosti”
Dengiz sathidan ming metr balandlikdagi vodiyda sayr qilayotgan budda monaxlarini suratga olgan Shinya Itahana.Foto: “RIA Novosti”
Fotograf Tiberio Sorvilloning fikricha, karanavallar inson xotirasida bir umrga muhrlanadi.Foto: “RIA Novosti”
Efiopiyadagi Abun Yemet Gux ibodatxonasi osmon va yer o‘rtasida joylashgan. U ikki yarim ming metr balandlikdagi cho‘qqida bo‘lib, unga faqat piyoda borish mumkin.Foto: “RIA Novosti”
Greta Tunberg Monrealda odamlar qarshisida nutq so‘zlamoqda.Foto: “RIA Novosti”
Izoh (0)