So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda 3-iyun kuni 83 kishida koronavirus aniqlandi, 106 kishi kasallikdan sog‘aydi. Bir kishi vafot etdi

    03.06.2020, 23:55 90111

    O‘zbekistonda 2-iyun soat 23:00 dan 3-iyun soat 23:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida jami 83 kishida koronavirus aniqlandi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi qayd etilgan holatlarning 74 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolarda, 8 tasi yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Yana bittasi Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

    Aholi orasida koronavirus qayd etilishi bo‘yicha — bu so‘nggi kunlardagi eng past ko‘rsatkich. Misol uchun, yangi kasallanish holatlari aholi orasida 28 va 30-may kunlari 21 tadan bo‘lgandi. 1-iyunda aholi orasida 15 ta, 2-iyunda esa 8 ta holat qayd etilgandi.

    Koronavirusdan sog‘ayish holatlari

    3-iyun davomida 106 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 43 nafari Toshkent shahridagi, 42 nafari Navoiy viloyatidagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi hamda 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

    Navoiyda ikkinchi kun ketma-ket 42 kishi koronavirusdan tuzalib, viloyatda koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi 54 foizga yetdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Andijon (3 nafar bemor), Namangan (5 nafar bemor) va Qoraqalpog‘iston (6 nafar bemor) ham koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3843 nafar bemordan 3014 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

    O‘lim holati va ahvoli og‘ir bemorlar

    3-iyun kuni Toshkent shahrida 72 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Bemor uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019-yillarda u ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan. U koronavirusdan vafot etgan 16-bemor bo‘ldi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 813 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Toshkentda 72 yoshli erkak vafot etishidan oldin — 2-iyun holatiga ko‘ra ham bemorlarning 10 nafari og‘ir, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada taksi haydovchilari namoyishga chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘ydi

    Bugun, 18:12

    Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

    Bugun, 17:48

    “Men to‘satdan falaj bo‘lib qolganman” — Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajriminining tafsilotlari haqida gapirdi

    Bugun, 17:35

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Maybach avtomobilida ommaga ko‘rinish berdi

    Bugun, 17:26

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi

    Bugun, 17:22

    Argentinaning yangi prezidenti vazirliklar sonini 19 tadan 9 taga qisqartirdi

    Bugun, 17:21

    “Malibu’si bor, lekin yolg‘on hujjatlar qilib, har oy davlatdan yordam puli oladi”. Sirdaryo hokimining o‘rinbosari hududdagi boqimandalik haqida gapirdi

    Bugun, 17:12

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    Bugun, 17:02

    “O‘zbekiston uchun muhim ijobiy jihat bu uning juda yosh aholisidir” — tajribali investor Maykl MakGogi O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida optimistik fikrla...

    Bugun, 16:58

    “Farg‘ona” bojxona posti sobiq boshlig‘i 18 yildan so‘ng oqlandi

    Bugun, 16:56

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.