FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantinoni tanqid qildi.
“Janni Infantino futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi. U hamma narsaning ko‘p bo‘lishini xohlayapti.
48 ta terma jamoa ishtirokida Jahon Kubogi, 24 jamoadan iborat klublar o‘rtasidagi yirik Jahon chempionati, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 24 tadan 32 taga ko‘paytirish. Bularning barchasini qilish imkonsiz.
Infantino o‘zi bilan o‘zi o‘ynayapti, chunki u o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan. Shuningdek, o‘ziga bino qo‘ygan. U takabbur va assotsiatsiya masalalarini uning rahbarlari bilan muhokama qilmay qo‘ygan. Infantino faqat davlat rahbarlari bilan muloqot qilmoqda”, — deydi Blatter.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)