• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishda davlat tilini bilish darajasini aniqlovchi tartib ma’lum qilindi

    Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Loyihada qayd etilishicha, davlat tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

    Davlat tili bo‘yicha imtihon talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha hududiy Markazda o‘tkaziladi.

    Davlat tilini bilish darajasini aniqlash davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar asosida test shaklida amalga oshiriladi. Tilni bilish darajasini aniqlashga tayyorgarlik ko‘rish, test materiallarini tayyorlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishchi guruh shakllantiriladi.

    Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovida qatnashish uchun ariza bilan Markazga shaxsan o‘zi murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

    • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (hujjatdan nusxa olinib asli egasiga qaytarib beriladi);
    • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli rangli, orqa foni oq rangdagi fotosurat;
    • davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
    Talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng, talabgorga test sinovidan o‘tish ruxsat beriladi. Test sinovi o‘tkazish uchun haftaning ma’lum kuni belgilanadi.

    Test sinovi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Test savollari soni 20 ta bo‘lib, 30 daqiqa vaqt beriladi.

    Test sinovi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan kam (15 balldan kam) ball olgan talabgor o‘tmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun, test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilib to‘lov to‘lagan taqdirda test sinovlariga qo‘yiladi.

    Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida to‘lov to‘lanadi.

    Talabgor ko‘rsatilgan hujjatlarni Markazga topshirganidan so‘ng, Markaz va talabgor o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

    Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Markaz buyrug‘i asosida sertifikat beriladi.

    Eslatib o‘tamiz, fevral oyida fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevraldagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama etilgan va qabul qilingandi.

    Mavzuga doir: Prezident farmoni bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi

    02.06.2020, 16:32   Izoh (0)   40572
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

    02.06.2020, 15:56

    “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisining o‘rinbosari tayinlandi

    02.06.2020, 15:33

    Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti tashkil etiladi

    02.06.2020, 14:58

    Qoraqalpog‘istondagi universal yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuzaga keldi (video)

    02.06.2020, 14:34

    Abdulla Aripov: “So‘x—Rishton yo‘li YeOII talabi sabab yopib qo‘yilgan”

    02.06.2020, 14:11

    “Ko‘ksaroy” qarorgohidagi 10 920 marta ovqatlanish 400 mln so‘mga baholandi

    02.06.2020, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etildi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 10:05

    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

    Reklama | 4 avgust, 09:00

    Filippin va Hindiston harbiy floti ilk bor Janubiy Xitoy dengizida patrullik qilmoqda

    Dunyo | 4 avgust, 09:55

    Farg‘onada tanishlarini hijrat va terrorchilar safiga qo‘shilishga da’vat qilgan shaxs jazolandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 09:45

    NATO Rossiya bilan chegaradosh davlatga harbiylar yuboradi

    Dunyo | 4 avgust, 09:37

    Mashhurlar orasidagi tarqalgan og‘ir xastalik: yana kimlar Laym kasalligidan aziyat chekadi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 09:32

    Son Hyon Min faoliyatini AQSH chempionatida davom ettiradi

    Sport | 4 avgust, 09:20

    Shimoliy Koreyada ilk bor ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi

    Dunyo | 4 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.