Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning oilasi yo‘qotishga uchradi.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, bugun, 2-iyun kuni italiyalik mutaxassisning singlisi Francheska Gattuzo 37 yoshida vafot etdi. Hozircha o‘limning aniq sabablari ko‘rsatilmagan. Biroq ma’lum bo‘lishicha, marhuma fevral oyida kasalxonaga yotqizilgan va shu vaqtga qadar reanimatsiyada bo‘lgan.

Voqea yuzasidan “Milan” klubi Gattuzo va uning oilasiga hamdardlik bildirdi. Francheska uzoq vaqt davomida Milan klubida kotiba bo‘lib ishlagan. Gattuzo o‘zi esa klubning afsonasi hisoblanadi.

“Francheska Gattuzo bu kasallikni xuddi, klub va muxlislarga har kuni ulashgan kuch va quvvati bilan qarshi oldi. Rino (Jennaro Gattuzo nazarda tutilmoqda — “Daryo”), biz sen va oilangga hamdardlik bildiramiz. Alvido, qadrli Francheska”, — deyiladi “Milan”ning Twitter’dagi sahifasida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Erdo‘g‘on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo‘rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)