1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati davomida bolalar bilan birga tushgan eng sara suratlaridan fotojamlanmani taqdim etamiz.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifi davomida “Avaza” milliy sayyohlik zonasining “Kamalak” bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan. 2017-yil, 20-may. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi davomida “Katta Qorasuv” mahallasida “Kristall” bolalar raqs ansambli a’zolari bilan. 2017-yil, 29-iyun,. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Koreyaning Seul shahri aeroportida kutib olishga chiqqan bolalar hamda turmush o‘rtog‘i Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l olmoqda. 2017-yil, 22-noyabr.  

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida Chimboy tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishishmoqda. 2017-yil, 15-dekabr. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi maktab-internat jamoasi va tarbiyalanuvchilari bilan. 2017-yil, 16-dekabr. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi sport majmuasiga tashrifi vaqtida yosh sportchilar bilan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi maktabda. 2018-yil, 29-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan. 2018-yil, 16-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Alisher Navoiy nomidagi Bilimdonlar markazida bir guruh ijodkorlar bilan muloqot paytida. 2018-yil, 13-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Ulli hovli” majmuasida bolalar qurshovida. 2018-yil, 24-aprel. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat tarbiyalanuvchilari bilan. 2018-yil, 3-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi “Xirmontepa” mahallasida Prezident Shavkat Mirziyoyevni quchoqlab olgan qizaloq. 2018-yil, 1-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada o‘g‘li Miralisher (qizil kostyumda) va nabirasi Miromon bilan JCH—2018 ramzi bo‘ri Zabivaka yonida. Prezident Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurgan edi. 2018-yil, 14-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev  Toshkent shahridagi O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazi tarbiyalanuvchilari bilan. 2018-yil, 29-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni kutib olish jarayonida. 2018-yil, 17-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Toshkent shahri Yunusobod tumani “Bog‘ishamol” mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta’lim tashkilotida. 2018-yil, 26-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Toshkent shahri, Yunusobod tumani “Bog‘ishamol” mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta’lim tashkilotida. 2018-yil, 26-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Wunderkinds in Kungirad maktabgacha ta’lim tashkilotida. 2018-yil, 15-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoev Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bilan. 2018-yil, 16-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri markazida tashkil etilgan Yangi yil bayrami maydonida. Bayram tomoshasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, bolajonlarga sovg‘alar berilgan jarayon. 2018-yil, 28-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanidagi o‘zbek–qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishish chog‘ida bolalar bilan suhbatlashmoqda. 2019-yil, 30-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar qurshovida. 2019-yil, 30-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimida yosh sportchilar bilan birga. 2019-yil, 15-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi Koreys madaniyati va san’ati uyining tantanali ochilish marosimi. O‘zbekiston Prezidenti va Koreya prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birgalikda do‘stlik va madaniyat saroyini ochgan vaqt. 2019-yil, 20-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon shahridagi “Kelajak bolajonlari” maktabgacha ta’lim tashkilotida. 165 bola qatnaydigan bog‘chada rus va ingliz tillari, tasviriy san’at, musiqa va sport, chevarlik to‘garaklari tashkil etilgan. 2019-yil, 16-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatida. 2019-yil, 17-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ohangaron shahridagi “Qaldirg‘och” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilgan bog‘cha “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasi aholisining og‘irini yengil qilgan edi. 2019-yil,  1-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ohangaron shahridagi “Qaldirg‘och” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida. 2019-yil, 1-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanining “Bo‘ston” mahallasida 27-umumta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova bilan. 2019-yil, 2-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bolalar bilan suhbatlashmoqda. 2019-yil, 30-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Prezident maktabida.

Davlat rahbari maktabining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirgan, maktabning ilk o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan suratga tushgan. 2019-yil, 10-sentabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Bog‘i Eram” mahallasidagi 150 o‘rinli Smart kids nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida. Davlat rahbari beshta tashabbus haqida she’r aytib bergan bolalarga sovg‘alar topshirmoqda. 2019-yil, 17-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etgan. Mahalliy aholi vakillari, shu jumladan, bolalar bilan ham muloqot qilgan edi. 2019-yil, 22-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashmoqda. 2019-yilda maktabning 5, 6, 7 va 8-sinflariga ijodiy imtihonlar va test sinovlari asosida 121 nafar o‘quvchi saralab olingan. 2019-yil, 26-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda. 2019-yil, 27-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati