• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    COVID-19 muammosi hal qilinganidan keyin qaysi sohalar va texnologiyalar shiddat bilan rivojlana boshlaydi?

    “Habr.com” saytida koronavirus pandemiyasidan keyin qaysi texnologiyalar va sohalarning shiddatli rivojlanishi boshlanishiga oid tahliliy maqola e’lon qilindi. “Daryo” maqola tarjimasini taqdim qiladi.

    Virus va aholining ommaviy ravishda o‘z-o‘zini cheklashi tufayli tibbiyot, biznes, ijtimoiy hayot va hokazolarning juda turli tuman sohalarida majburiy ravishdagi raqamlashtirish yuzaga keldi. Yangi talablarga moslasha olmagan ayrim sohalar tezlik bilan barbod bo‘lmoqda. Yana ayrimlari esa kamomadlar bilan bo‘lsa ham muvozanatni saqlab turibdi va yana muayyan qismi esa o‘sib, rivojlanmoqda ham.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyo endi avvalgidek bo‘lmasligi haqida fikr aytayotgan ekspertlarning ovozlari tobora baland yangramoqda. Hatto barchasi iziga tushib ketganidan keyin ham biz endi tamomila boshqacha tarzda – yanada texnologik va mobillashgan o‘ziga xos sharoitlarda yashay boshlaymiz. Maqolada aynan texnologiyalar haqida fikr yuritib ko‘rmoqchimiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, yaqin kelajak uchun bizning IT hayotimiz qanday bo‘lishini taxmin qilamiz.

    Demak, kim va nima “ilg‘or” bo‘ladi?

    Masofadan ishlash va onlayn-yig‘ilishlar

    Aniqki, uydan turib ishlashni istovchilar soni ko‘payadi. Gap frilans haqida emas, aynan masofadan ishlash borasida ketmoqda. Avvallari ko‘pchilik o‘zi va rahbarlari ongidagi stereotiplar va qo‘rquv tufayli bunga jur’at qila olmas edi. Majburan masofadan ishlashga o‘tish sababli xodimlar ham, rahbarlar ham bunday formatning ijobiy va salbiy taraflarini amalda his qilib ko‘rdi. Albatta, bu narsa yoqmaganlar ham bor. Lekin ko‘pchilikka bunday o‘zgarishlar ma’qul keldi. Transport va kafe-oshxonalarda ovqatlanish xarajatlarining tejash imkoni hamda avval ishgacha va ishdan uygacha yetib olish uchun ketgan vaqtning endilikda odamning o‘zi uchun “ortib” qolishi singari omillar, kelgusida ham masofadan ishlash formatining saqlab qolinishi uchun muhim vaj bo‘lib xizmat qiladi.

    Shuningdek, juda ko‘pchilik uchun majlis, yig‘ilish va uchrashuvlarni videoaloqa orqali o‘tkazishning qanchalik qulay ekani o‘ziga xos kashfiyot bo‘ldi. Hamma joyda ham emas-u, lekin ko‘p joyda bunday narsalar qisqaroq va kamroq o‘tkaziladigan bo‘ldi. Faqat ish bo‘yicha gaplashilyapti va muhim masalalargina muhokama qilinmoqda. Kommunikatsiya biroz murakkablashgani sababli jamoa vakillari mustaqillashmoqda. Mayda-chuydalar uchun ham yig‘ilish tashkil qilishga eng kamida vijdon yo‘l qo‘ymayotir. Xodimlar bilan shaxsan “gaplashib qo‘yish”ga odatlanib qolgan rahbarlarga biroz “jabr” bo‘ldi. Lekin ular uchun ham Zoom va boshqa yana ko‘plab servislar mavjud.

    Aytgancha, Zoom, Hangouts va boshqa videokonferensiya servislari hozirda trendda. Xavfsizlik borasidagi kamchiliklari uchun (masalan, ijtimoiy tarmoqlarga ma’lumot uzatishdagi shifrlashning yo‘qligi sababli) ular ko‘p tanqid qilingan bo‘lsa-da, lekin muqobil variantlar yo‘qligi bois foydalanishda davom etishgandi. Ushbu servislar xatolarni e’tiborga oldi va bartaraf qilib bordi, hozirda esa yangicha fishkalar o‘ylab topib, ularni faol monetizatsiya qilish orqali jadal o‘sib borilyapti. Boz ustiga, videokonferensiya servislariga talab endi amaldorlar tarafidan ham bor. Ular ham o‘z kabinetlarida izolyatsiyalangan holda faol videomuloqot qilmoqda.

    VDI, SaaS

    Basharti kompaniyalar onlayn ishlashga o‘tar ekan, unda ularga xodimlarning korporativ ma’lumotlar bilan ishlashida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi texnologiyalar kerak bo‘ladi. Bozorda avvaldan mavjud bo‘lgan VDI va SaaS bu borada juda ommabop bo‘lib chiqdi. Ular yordamida har bir xodimga to‘liq sozlangan korporativ dasturiy ta’minotga ega kompyuterni bir kun ichida taqdim qilishi mumkin. Bu orqali esa hamma uyidan turib, o‘ziga qulay va tanish bo‘lgan ish stoliga hamda korporativ ma’lumotlar manbasiga ega bo‘ladi. Albatta, VPN orqali.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shuningdek, yana bir variant sifatida har bir xodimga VDI sozlamalariga ega noutbuk yoki planshet berish mumkin. Shaxsiy ish maydoni, yaxshi ishchanlik (ayniqsa, “og‘ir” fayllar ishlaganda bu muhim), kerakli ish joylari sonini tezkor qo‘shish imkoniyati hamda xavfsizlikning yuqori darajasi bu – haqiqatan ham juda muhim bo‘lgan narsalardir. VDI ning yana bir afzallik tarafi shundaki, u IT-bo‘limidagilarning ish yuklamasining bir qismidan xalos qiladi. Hozirda ularga shundoq ham oson emas va VDI va SaaS singari texnologiyalarning joriy etilishi faqat ijobiy samara keltiradi.

    Hozirda mazkur texnologiyalarga talab yuqori ekani sababli ularning yangi xizmatlar bilan to‘ldirilgan holda, boshqacharoq paketda taqdim qilina boshlashini kutish mumkin. Hozirning o‘zidayoq ushbu texnologiyalardan davlat muassasalaridan boshlab kichikroq tijorat tashkilotlarigacha bo‘lgan turli darajadagi kompaniyalar foydalanmoqda. Va COVID-19 muammosi hal qilinib, vahima to‘lqinlari o‘tib ketganidan keyin ham endi bu tashkilotlar avvalgi ish formati va rejimga darhol qaytib oladi deb ishonish qiyin. Ya’ni karantindan keyin ham bularga talab yuqoriligicha qoladi. Tabiiyki, bu soha o‘sishdan to‘xtab qolmaydi.

    Miqyoslashishning keskin sakrashi

    Aniqki, IT-infrastrukturani tezkor masshtablash imkonini beruvchi yechimlarga bo‘lgan talab ham keskin ortadi. Servis va resurslardan foydalanishning cheklanib qolishi bilan bog‘liq muammolar hech kimga yoqmaydi, albatta. Shu tufayli resurslarga doimiy, uzluksiz bog‘lanish imkonini beruvchi takliflarning ham soni ortishini kutish mumkin. Shuningdek, muayyan yechimlarning oson masshtablanishini ta’minlashga oid talablar ham ortadi. Shuningdek, bulut texnologiyalarining ham.

    Multibulut va gibridlar

    Aytgancha, bulut haqida. Hozirda bu sohada ish yuritadigan biznes vaziyatdan unumli foydalanmoqda va mijozlarni superqulay takliflar bilan jalb qolib olyapti. Uzoq muddatli istiqbolda kompaniyalarning majburiy ravishda baribir bulut muhitiga o‘tishidan ushbu platformalar haqidagi bilim darajasining ham o‘sishiga olib keladi. Albatta, odamlar bulut texnologiyalaridan foydalanishda yanada jur’atliroq bo‘lib borishadi va bir vaqtning o‘zida o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan kompaniyalarning turli servislaridagi turli afzalliklaridan foydalanishga o‘tishadi. Ya’ni gibrid yoki multibulut strategiyasini taklif qiluvchi kompaniyalar soni ham ortadi. Bu shunchaki qulay bo‘lgan uchun ham u bo‘yicha takliflar ko‘payadi. Demak, bulut provayderlari qo‘llarini bir-biriga ishqalab, payt poylashlari mumkin.

    Nega shunchaki bulut emas, balki gibrid multibulut? Bu ishonchlilikni va xavfsizlikni orttirish uchun. Agar bulut servislaridan biri tasodifan ishlamay qolsa, unda boshqasi bilan ishlashda davom etish mumkin bo‘ladi. Shu tariqa ma’lumotlarga, resurslarga bog‘lanish imkoniyati va favqulodda holat yuzaga kelganda axborotlarning saqlanishi kafolatlanadi.

    Aqlli tizimlar, buyumlar interneti

    Ko‘plab mamlakatlarda, jamoat joylarida odamlarning yuzini taniydigan texnologiyalar allaqachon qo‘llanilmoqda. Ayrim mamlakatlarda esa kasallikni potensial tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni “tutish” sistemasini ham sinab ko‘rishdi. Bu o‘rinda inson huquqlari bilan bog‘liq ko‘plab savollar yuzaga keladi, lekin bu borada birov odamlardan so‘rab o‘tirarmidi? Va o‘zi umuman olganda, ko‘pchilik taklif qilinayotgan xavfsizlik kafolati evaziga o‘zining fuqarolik huquq va erkinliklari bilan murosaga borishga tayyor.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ehtimol, mavjud videokuzatuv tizimlarini yangi qurilmalar bilan to‘ldirish yoki funksionalini o‘zgartirish orqali kelajakda yuz beradigan epidemiyalarning ehtimoliy oqibatlarini yumshatish mumkin bo‘lar? Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni kuzatib boradigan yangi intellektual sistemalar paydo bo‘ladi va ular potensial xatarlarni aniqlaydi. Umuman olganda, “aqlli shahar”, kompyuter nazari, IoT (buyumlar interneti) singarilar rivojlanish uchun yaxshi turtki oldi. Va aniqki, kelgusida ushbu texnologiyalarga talab kuchli bo‘ladi.

    Onlayn ta’lim

    Maktablar, bog‘chalar, universitetlar va boshqa ta’lim muassasalari hozirda masofadan o‘qitishmoqda. Qiyin albatta. Pedagoglar noodatiy format tufayli yuklamaning ortganini aytishmoqda. Biroq erta yoshlarda ta’limni baribir jamoa ko‘rinishida o‘tkazish yaxshiroq bo‘lsa (ijtimoiylashish, moslashuv va hokazo), katta yoshdagi o‘quvchi va talabalar uchun internet orqali o‘qitish qulayroq bo‘lishi mumkin. Albatta, internet orqali o‘qitishni aynan qayerlarda qo‘llash kerakligi borasida bahslashish mumkin. Tushunarliki, chilangarlik ishiga videoaloqa orqali o‘rgata olmaysiz. Lekin xorijiy tillar, dizayn, dasturlash singarilarni albatta o‘qitish mumkin.

    O‘ylashimizcha, bazaviy ta’lim dasturini to‘ldirish uchun xizmat qiladigan onlayn kurslar ko‘payishini kutish mumkin, shuningdek, klassik usuldagi ta’limga muqobil sifatida taklif qilinadigan onlayn kurslar ham ko‘payadi. Ehtimol, an’anaviy ta’lim tizimi ham modernizatsiyalanib, misol uchun, maktab o‘quvchilari san’at, tarix, fizika, astronomiya singarilardan taniqli olimning ma’ruzalarini videoaloqa orqali tinglashar. Bu yozib olingan ma’ruza bo‘ladimi yoki real vaqtdagi videomuloqot tarzida bo‘ladimi, bunisi unchalik muhim emas. Muhimi, avval juda kam uchrashilgandi. Endi tez-tez uchrashiladi.

    Kvant kompyuterlari, global hisoblash tizimlari

    Ehtimol siz, oddiy odamlar tomonidan koronavirusga qarshi kurash uchun tuzilgan ko‘ngillilar tarmog‘i, dunyodagi eng kuchli superkompyuterdan ham qudratliroq bo‘lib qolgani haqidagi xabarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Albatta, avval ham bunga o‘xshash birdamlik loyihalari yuzaga kelgan edi, lekin bu safar haqiqatan ham hammasi global tus oldi. Agar pandemiya bilan kurashda bu narsa haqiqatan ham yordam bersa, unda keyinchalik butun dunyodagi kompyuterlarning quvvatini umumlashtirgan holda muayyan mahalliy muammolarni yechish uchun birlashtiradigan global dasturiy ta’minot vositalarini yaratish istiqbollari ochiladi. Bunday global hisoblash sistemalarining potensiali anchayin katta.

    Kvant kompyuterlari haqida ham shunday deyish mumkin. Hisoblash tezligini sezilarli orttirishga qodir bo‘lgan kvant qurilmalarini ishlab chiqish yo‘nalishiga pul tikishni istovchi korporatsiyalar va tashkilotlar, hatto hukumatlar soni hozirning o‘zida ancha ortgan. Va agar avval bu yo‘nalishda faqat IBM, Intel, HPE, Microsoft, NVIDIA va AMD shug‘ullangan bo‘lsa, hozirda bu borada ish boshlagan yangi nomlar ham quloqqa chalinmoqda. Kvant kompyuterlaridan naf bo‘ladimi? Ha, agar to‘g‘ri yo‘naltirilsa. Kvant hisoblashlari hammayoqqa tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan universial narsa bo‘lmasa ham, lekin ular superkompyuterlarning kuchi yetmaydigan nisbatan yirik muammolarni yecha oladi.

    Sanoatning rivojlanishi

    Xitoyda ishlab chiqarishlar to‘xtab qolishi bilan hammani hiqichoq tutib qoldi. Deyarli barcha tovarlar (elektronika, tibbiyot buyumlari, kiyim-bosh) Xitoyda ishlab chiqariladi. Hozirgi tanazzul oqibatida ishlab chiqaruvchilar xatarlarni qayta ko‘rib chiqishadi va o‘z zavod-fabrikalarini joylashtirish uchun yangi joylarni qidira boshlaydi. Ehtimol, kimdir o‘z mamlakatiga qaytadi yoki Hindistonga, Malayziyaga, Indoneziyaga ko‘chib o‘tadi. Hamma narsani bitta joyda saqlash xatarli ekan va ishlab chiqaruvchilar bunga yana bir bora amin bo‘ldi.

    Ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Ishlab chiqarishni robotlashtirish darajasi ortadi. Ishlab chiqarish jarayonida qancha odam kam ishtirok etsa, navbatdagi epidemiya tufayli ishlab chiqarishning to‘xtab qolish xatari ham shuncha kam bo‘ladi. Korxonani masofadan boshqarish texnologiyalari ham yanada qulaylashadi.

    Qizig‘i shundaki, odatda, biznes jarayonlarini to‘xtab qolishidan xavfsirash masalasi idorada o‘tirib ishlaydigan xodimlarning faoliyatini belgilar edi. Pandemiyadan avval open space usulida ishlash urfda edi va unda bitta aksirgan xodim barcha hamkasblariga kasallik yuqtirishi mumkin edi. Ehtimol endi gigiyena talablari nuqtayi nazarida hamda patogen mikroorganizmlarni tezkor tarqalishining oldini olish maqsadida kabinetda o‘tirib ishlash formatiga qaytilishi mumkin.

    Ehtimol biz nimanidir ko‘zdan qochirgan bo‘lishimiz mumkin. Siz qanday o‘zgarishlarni kutmoqdasiz? Buni bilish qiziq bo‘lardi.

    01.06.2020, 14:37   Izoh (0)   130671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Google “ijtimoiy masofalanish”ga rioya qilishda yordam beradi

    01.06.2020, 12:34

    Onlayn do‘konlar tarixga aylanishi mumkin. Xitoyda ilk 3D-do‘kon ish boshladi

    29.05.2020, 19:24

    Huawei o‘z smartfonlari uchun YouTube o‘rnini bosuvchi servis nomini e’lon qildi

    29.05.2020, 10:32

    Rossiyada bahor faslida eng ommalashgan mobil ilovalar nomi ma’lum bo‘ldi

    29.05.2020, 06:46

    Xiaomi’ning “aqlli” qulfi 30 daqiqa ichida kutilgan mablag‘dan 1000 foizga ko‘p pul yig‘di

    28.05.2020, 20:41

    YouTube Xitoyda 10 yildan beri blokda bo‘lishiga qaramay, uning foydasiga senzura qilayotgani fosh bo‘ldi

    28.05.2020, 06:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.