Twitter’da e’lon qilingan “gilam-samolyot” videosi internet foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Videoda odamlar ortilgan yuk mashinasining tog‘ yo‘li bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgani aks etgan. Post muallifi Himolayda jamoat transporti shunday ko‘rinishga ega ekanligini yozgan.
https://twitter.com/sha_ji1/status/1264980719564197888
Suratga olish rakursi tufayli videoga faqat odamlar va avtoning kuzovi tushgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri videoda “gilam-samolyot”ni ko‘rganini yozgan.
Boshqa foydalanuvchilar ham uni qo‘llab-quvvatlab, o‘zlarining rolikda ertaknamo gilamni ko‘rganini yozgan.
Aksariyat internet foydalanuvchilari bunday yo‘ldan harakatlanishga qo‘rqishini yozib qoldirgan. Uch kun ichida video qariyb 14 million marta tomosha qilingan, unga 112 mingtadan ko‘proq layk bosilgan.
Izoh (0)