• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bekkenbauerdan Myullergacha. “Bavariya” akademiyasidan chiqqan “oltinboshlar” (foto)

    Dunyoning eng yaxshi futbol akademiyalari haqida gap ketganda, birinchi bo‘lib La Masiya (“Barselona”) va La Fabrika (“Real Madrid”) yodga olinadi. Lekin shunday akademiyalar borki, ular yetuk futbolchilarni tarbiyalashda ispan grandlaridan aslo qolishmaydi. Aynan shunday klublaridan biri, shubhasiz, “Bavariya”dir. Klub akademiyasida ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois jamoa ko‘p yillardan beri Bundesligada yetakchilikni hech kimga bermaydi. Buning ustiga Germaniya terma jamoasini ham Myunxen klubi tarbiyalanuvchilarisiz tasavvur qilish mushkul.

    Quyida mazkur akademiyaning eng yaxshi bitiruvchilari haqida so‘z yuritiladi.

    Frans Bekkenbauer

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Bekkenbauer, shubhasiz, “Bavariya”ning barcha davrlardagi eng yaxshi o‘yinchisi hisoblanadi. Afsonaviy “kayzer”ning (kayzer – nemis tilida imperator degan ma’noni anglatadi) himoyadagi o‘yinlari tahsinga loyiq edi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, uning ikki marotaba “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgani ham bejiz emas. Bundan tashqari Bekkenbauerning hisobida beshta Germaniya chempionligi va uchta Yevrokubok sovrini bor. “Bavariya” muxlislari hamon Bekkenbauerning yorqin o‘yinlarini qo‘msayotgan bo‘lsa ajab emas.

    Filipp Lam

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Filipp Lam o‘z davrining eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida faoliyatini yakunladi. U 11 yoshida “Bavariya” akademiyasiga keladi, 19 yoshga to‘lganida esa asosiy jamoaga kirishga muvaffaq bo‘ladi. To‘g‘ri, boshlang‘ich tarkibdan joy olishi uchun biroz sabr qilishi kerak edi. Shu bois u turli jamoalarda ijarada yurishga ham rozi bo‘ldi.

    2005-yilga kelib, Lam ijaradan qaytdi va asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Keyin nima bo‘lgani hammaga ayon – 517 ta o‘yin, 8 ta chempionlik, Chempionlar Ligasi kubogi, UEFA Superkubogi va, albatta, Jahon Chempionatidagi g‘alaba.

    Lam Bekkenbauer kabi o‘z jamoasining yetakchisi, texnikasi yuqori va tezkor himoyachi edi.

    Bastian Shvaynshtayger

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Bastian Shvaynshtayger – “Bavariya” akademiyasida tahsil olgan yana bir afsona. Dastavval, Bastian qanot futbolchisi bo‘lgan, ammo Aryen Robben va Frank Riberi sabab pozitsiyasini o‘zgartiradi.

    Shvayni “Bavariya”da dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri edi – ko‘p qirrali, aniq, tirishqoq va hujumkor. “Bavariya” safida 500 ta o‘yin o‘tkazib, 68 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Germaniya terma jamoasida ham u ko‘plab sovrinlarga ega chiqdi.

    Toni Kroos

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Ajablanarlisi shundaki, “Real” Toni Kroosni bor-yo‘g‘i 25 million yevro evaziga sotib olgan. Madrid klubi hali Kroos o‘z jamoasining afsonasi bo‘lishga ulgurmasidan avval uni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shunga qaramay, Toni myunxenliklar safida 130 ta o‘yin o‘tkazgan.

    “Real”da esa Kroos jamoaning asosiy o‘yinchilardan biriga aylandi va u ketma-ket uch marotaba Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Toni o‘zining aniq paslari, standartlardan unumli foydalanishi, to‘p va o‘yinni a’lo darajada nazorat qilishi bilan ajralib turadi.

    Ayni paytda Kroos dunyoning eng yaxshilari qatorida.

    Zepp Mayer

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Ko‘pchilik Oliver Kanni “Bavariya” tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblaydi. Unga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan yagona posbon bu Manuel Noyer. Biroq Zepp Mayerni ham bemalol bu ikki yetuk darvozabon qatoriga qo‘shish mumkin.

    Uning aql bovar qilmas reaksiyasi va tezligi muxlis-u mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘lardi. U o‘z hududining qiroli va muxlislarning suyuklisi edi. Mayer butun faoliyatini “Bavariya”da o‘tkazdi va jami 536 ta o‘yinda maydonga tushdi. Bu vaqt ichida u jamoasi bilan to‘rt marta mamlakat chempionatida va uch marta xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘ladi.

    Xans-Georg Shvartsenbek

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Xans-Georg Shvartsenbek ham Bekkenbauer singari Myunxenda futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. Ularning himoyadagi juftligi esa eng yaxshilardan hisoblangan.

    Afsuski, “Kayzer”ning haddan ziyod mashhurligi Shvartsenbekga biroz bo‘lsa-da xalaqit berardi. Hatto uni “Bekkenbauerning tansoqchisi” deb atashgan. Qaysidir ma’noda bunga asoslar bor edi. O‘tib bo‘lmas va tirishqoq himoyachi faoliyatini “Bavariya”da boshlab, o‘sha yerda tugatadi. Germaniya chempionatida olti bor, Yevrokuboklarda esa uch marotaba zafar quchadi.

    Tomas Myuller

    Foto: “Bavariya”

    Foto: “Bavariya”

    Hozirgi “Bavariya”ni jamoa safida 521 ta o‘yin o‘tkazgan Tomas Myullersiz tasavvur qilish qiyin. Bu vaqt davomida Myuller 195 ta gol urdi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

    30 yoshli hujumchi ko‘p yillardan beri jamoasining asosiy o‘yinchisi bo‘lib kelmoqda. U tartibli, mehnatsevar va vatanparvar futbolchidir. Myuller taktik jihatdan mohir o‘yinchi bo‘lib, istalgan himoya chizig‘ini ojiz qoldirishga qodir.

     

    Mats Hummels

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Mats Hummels bolaligidan “Bavariya” tizimida bo‘lgan. Murabbiylar unda g‘ayrioddiy nimadir borligini ko‘ra olgan va unga imkoniyat bergan. Biroq “Bavariya” o‘z tarbiyalanuvchisini Dortmundning “Borussiya”siga sotishga qaror qiladi. Hummels “Borussiya”da ham o‘z o‘rnini topadi va ikki bor mamlakat chempionligiga ega chiqadi. Shundan so‘ng u ma’lum muddat “Bavariya”da o‘ynaydi va u bilan Bundesligada uch marta g‘olib bo‘ladi. Ayni paytda esa u yana “Borussiya”da to‘p surmoqda.

    Hummelsning boshqalardan ajralib turadigan jihatlari – ikkinchi qavatdagi ustunlik, “podkat” va to‘g‘ri pozitsiya tanlay olishdir.

    Boshqa maqolalalar:

    • Sulsherdan Levandovskigacha. Futbol tarixiga kirgan 7 almashtirish haqida
    • Uolkottdan Uilshergacha. Ishonchni oqlamagan ingliz futboli vunderkindlari haqida
    • “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya
    • Kim qayerga o‘tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati
    • “Santyago Bernabeu”dagi kechikkan debyut, “Barselona”dan ketishi va orzulari haqida “yapon Messisi” bilan intervyu
    • 38 yildan beri davom etayotgan koma. Fransiyalik sobiq futbolchi va unga sodiq qolayotgan ayol haqida hikoya
    • “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi
    • Lautaro yoki Neymar? “Barselona”ga kim ko‘proq zarur?
    • Stol tennisi tufayli futboldan voz kechishiga bir baxya qolgani, o‘z otasi bilan sudlashuv, irqchilik sabab Germaniya termasidan ketgani haqida Mesut O‘zil intervyusi
    • Top-10: Karvaxaldan Aleksander-Arnoldgacha. Dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    27.05.2020, 17:59   Izoh (0)   21849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov to‘p tepayotgan “Ufa” klubini “Manchester Siti” xo‘jayinlari sotib olishi mumkin

    27.05.2020, 17:40

    Abdurahimov: Habib uchun Getji xavfli raqib, ammo u Fergyusondek xatoga yo‘l qo‘ymaydi

    27.05.2020, 16:36

    Kilian Mbappe kumirlarini ma’lum qildi. Ularning ikkalasi ham “Real”ga aloqador

    27.05.2020, 15:14

    Internetda mashhurlikka erishgan darvozabon mushuk haqidagi video feyk bo‘lib chiqdi (video)

    27.05.2020, 14:40

    UFC’ning o‘zbekistonlik ilk jangchisi Mahmud Murodov ota bo‘ldi

    27.05.2020, 13:37

    Sulsherdan Levandovskigacha. Futbol tarixiga kirgan 7 almashtirish haqida

    27.05.2020, 13:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55

    “O‘t qopidagi toshni tushirishga urinmang. Bu sizga qimmatga tushishi mumkin” — mutaxassis

    Salomatlik | 26 iyun, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.